Davlat fuqarolik xizmatçilari faoliyati samaradorligini baholaş uslubiyoti loyihasi e’lon qilindi.
Davlat fuqarolik xizmatçisi faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari asosida baholaş tizimini joriy etişdan közlangan maqsad ular kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erişişini rağbatlantiriş orqali davlat organi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oşiriş hisoblanadi.
Davlat organida baholaş quyidagi izçillik asosida amalga oşiriladi:
- faoliyat samaradorligini baholaş böyiça davlat organiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar, davlat dasturlari va nazorat rejalar hamda topşiriqlardan kelib çiqqan holda davlat organi eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (EMSK)ni işlab çiqiş;
- davlat organi EMSKni “zanjir uslubi” asosida taqsimlaş orqali davlat fuqarolik xizmatçisi individual EMSKni işlab çiqiş;
- EMSKga erişilişi böyiça doimiy monitoring olib boriş.
EMSK natijalariga köra rağbatlantiriş va ta’sir çoralari qöllanadi. EMSK maqsadli va amaldagi natijalari muntazam ravişda yagona elektron platformaga kiritib borilişi ta’minlanadi.
Baholaş tizimi asosiy tamoyillari:
- muvofiqlik – baholanuvçi davlat fuqarolik xizmatçisi individual EMSKning davlat organi EMSK bilan özaro boğliq bölişi;
- işonçlilik – baholaş amaldagi natijalarini tegişli faktlar bilan tasdiqlaş imkoni mavjud bölişi;
- şaffoflik – ma’lumotlar kelib çiqiş manbasini tekşiriş imkoni yaratilişi;
- adolatlilik – EMSK mavjud imkoniyat va vakolatlarga muvofiq holda işlab çiqilişi, baholaş va uning natijalari böyiça qöllaniladigan rağbatlantiriş va ta’sir çoralari odilona bölişi, ya’ni xodimlarni natijadorlikka yönaltirişi kerak.
Davlat fuqarolik xizmatçisi EMSK quyidagi talablarga javob berişi kerak:
- aniq, prognoz qilinayotgan natija va kutilayotgan ijobiy özgarişlar aniq belgilanişi;
- ölçanadigan, muayyan şartli birliklarida ölçaş mumkin bölgan körsatkiçlardan foydalanilişini nazarda tutişi;
- erişiş mumkinligi, prognoz qilinayotgan parametrlar mavjud resurs va vakolatlar bilan muvofiq bölişi;
- vaqt çegarasi mavjudligi, erişiş aniq muddatlari belgilanişi;
- kompetentligi, EMSK davlat fuqarolik xizmatçisi belgilangan vazifalari va javobgarligi doirasida bölişi;
- maqsadliligi, davlat organi strategik maqsadlariga erişişga yönaltirilgani.












