Qirğiziston va Tojikiston örtasida ikki davlat çegarasida vaziyatni barqarorlaştiriş, tinçlikni saqlaş va mustahkamlaş böyiça amaliy bayonnoma imzolandi. Bu haqda 19 sentabr, duşanba kuni jurnalistlarga Qirğiziston tomonidan uşbu hujjatni imzolagan Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) rahbari Qamçibek Taşiyev ma’lum qildi.
Bayonnomani Tojikiston nomidan Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Saymömin Yatimov imzolagan.
Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi çegaradagi vaziyat 14 sentabr kuni Botken tumanidagi uçta uçastkada çegaraçilar örtasida otişma boşlanganidan keyin keskinlaşgan.
Qirğiziston hukumati Tojikistonni çegaraga oğir harbiy texnikani olib kelganlik va Qirğiziston hududini öqqa tutişda «barça mavjud arsenaldan» foydalanganlikda aybladi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi töqnaşuv zonasidan 136 ming kişi evakuatsiya qilingani, Botken tumanida favqulodda holat rejimi joriy qilingani haqida ma’lumot berdi.
Öz navbatida, Tojikiston qirğiz kuçlarini Tojikiston çegarasidagi qator aholi punktlarini «oğir qurollardan» öqqa tutişda aybladi.
Ikki davlat çegarasida 70 ga yaqin bahsli obektlarda belgi qöyilmagani sababli muntazam ravişda mojarolar kelib çiqyapti. Umuman olganda, 2022 yil iyul oyi holatiga köra, mamlakat çegaralarining 972 kilometridan 600 kilometrga yaqini kelişilgan.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov 19 sentabrni milliy motam kuni deb e’lon qildi. Qirğiziston ma’lumotlariga köra, Tojikiston bilan çegaradagi mojaro keskinlaşişi natijasida mamlakatning 59 nafar fuqarosi halok bölgan, jarohatlanganlar soni 183 kişini taşkil qilgan.
Öz navbatida, Tojikiston 18 sentabr kuni keçqurun mamlakat TIV saytida Qirğiziston bilan çegaradagi mojaroning sabablari va rivojlanişi haqida öz nuqtayi nazarini bildirdi. Uşbu hujjatga köra, 14-18 sentabr kunlari Qirğiziston harbiylari harakati oqibatida kamida 33 nafar Tojikiston fuqarosi, jumladan ayollar va bolalar halok bölgan. 23 dan ortiq kişi jarohatlangan.












