Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar Ukrainaga qaytariladi, deb işonç bildirdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 19 sentabr, duşanba kuni keçqurun e’lon qilingan Amerikaning PBS telekanaliga bergan intervyusida u Ukraina bilan tinçlik şartnomasining asosi sifatida Rossiyaga u tomonidan nazorat qilinadigan hududlarning bir qismini beriş imkoniyatini rad etdi.

«Yöq, şubhasiz, yöq. Ukrainada tinçlik örnatilsa, bosib olingan yerlarning qaytarilişi juda muhim böladi. Bu kutilayotgan narsa, ular şuni xohlaşmoqda. Ukrainaga egallab olingan yerlar qaytariladi», - dedi Erdöğan Moskvaga yon beriş yoki bermaslik haqidagi savolga javob qaytarar ekan. 

Şu bilan birga, Turkiya prezidenti 2014 yildan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borayotganini, uni «Qrimni qonuniy egalariga qaytarişga» çaqirganini aytdi. «U yerda yaşovçi odamlar ham bizning avlodlarimiz», deb ta’kidladi u va Anqaraga qrim tatarlariga yordam beriş muhim masala ekanligini qöşimça qildi. 

Erdöğan Özbekistonda bölib ötgan ŞHT sammitida Rossiya prezidenti bilan uçraşganidan söng, Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni imkon qadar tezroq tugatişni xohlaydi, degan xulosaga keldi.

«Özbekistonda Putin bilan keng kölamli muzokaralar ötkazdik. U menga buni imkon qadar tezroq tugatişga tayyor ekanligini aytdi. Bu mening taassurotim, çunki vaziyat juda muammoli rivojlanmoqda», dedi u intervyusida. 

Erdöğanning sözlariga köra, u «bu jangni tinçlik bilan yakunlaş»ga intilmoqda. «Bu insonlar halok bölişiga olib kelgan mojaro. Odamlar ölmoqda va oxir-oqibat heç kim ğalaba qozona olmaydi», deya qöşimça qildi u.