Gulagu.net inson huquqlari loyihasi asosçisi Vladimir Oseçkinning xabar berişiça, bir neça kun oldin uni oilasi bilan yaşaydigan Fransiyaning Biarrits şahrida otib ketmoqçi bölişgan. Bellingcat loyihasining bolgariyalik tergovçi jurnalisti Xristo Grozev qotillik oldini olişga yordam berdi, u suiqasd tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi, dedi huquq himoyaçisi 19 sentabr, duşanba kuni keçqurun Yuliya Latininaning YouTube-kanalida.
«Uning va manbasining xabari menga hamda xavfsizligim va himoyam bilan şuğullanganlarga qotillikning oldini olişga yordam berdi», dedi Oseçkin. Uning sözlariga köra, bölajak qotillik haqida ma’lumot olganidan söng u oilasi bilan ikki kunga toğga ketgan, qaytib kelganida esa suiqasdga uriniş sodir etilgan.
U terrasada bölgan va köz qiri bilan uyning devori böylab özi tomon harakatlanayotgan şarpani payqagan. «Biz maxsus tayyorgarlikdan ötgandik, bunga tayyorgarlik kördik, öqitildik, nima bölsa ham ikkilanmaslik va bizni topişmasligi uçun harakat qildik. Eng himoyalangan xonalardan birida bolalarim va xotinim ikki soat davomida polga yotib yaşirişdi», - dedi rossiyalik huquq himoyaçisi.
Voqea joyiga politsiya yetib kelgan va qöşnilarni söroq qilgan, ular öq ovozini eşitişgan. Oseçkinning sözlariga köra, u öqotar quroldan uzilgan. «Ular menga tegmadi, öq uzildi, meni nişonga olinşdi», deb ta’kidladi u hamda qotilning xatolari va reaksiyasi yaşin tezligi omon qolişiga yordam berganini qöşimça qildi. Gulagu.net asosçisi suiqasd böyiça qözğatilgan jinoiy iş doirasida olib borilayotgan tergov sirini hisobga olib, qöşimça ma’lumot bermadi. Şu bilan birga, Oseçkinning aytişiça, bu urinişga Rossiyadan buyurtma berilgan va u «FXX, uyuşgan jinoyatçilik bilan çambarças boğliq» şaxs tomonidan tayyorlangan.
2020 yil iyul oyida Moskvaning Golovinskiy sudi 2015 yildan beri Rossiyadan taşqarida yaşab kelayotgan Oseçkinni firibgarlik işi böyiça sirtdan hibsga oldi. Gulagu.net Rossiya koloniyalari va qamoqxonalaridagi qiynoqlar haqidagi ma’lumotlarni bir neça bor e’lon qilgan. Xususan, 2021 yil oktyabr oyida Gulagu.net Saratovdagi 1-sonli sil kasalxonasida mahkumlarni qiynaş va jinsiy zöravonlik işlatiş holatlari aks etgan bir neçta videolarni e’lon qildi. Bu Saratov oblasti böyiça Federal jazoni ijro etiş xizmati rahbarining iste’foga çiqişiga, idora 18 nafar xodimining işdan böşatilişiga, jinsiy zöravonlik va mansab vakolatini suiiste’mol qiliş faktlari böyiça bir qator jinoiy işlarning qözğatilişiga olib keldi.
Gulagu.net huquq himoyaçilari qamoq jazosini ötayotib, sil kasalxonasida videokuzatuv kameralari ma’muri bölib işlagan Sergey Savelevdan mahbuslarning qiynoqlari aks etgan 40 gigabayt videoyozuvlarni olgan. Video e’lon qilingandan söng Savelev Fransiyaga jönab ketdi va u yerdan siyosiy boşpana söradi. Rossiyada u kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy kirişda ayblanib, qidiruvga berilgan.












