Sentabr oyidagi FIFA kunlari oldidan Transfermarkt portali milliy jamoalarning 2022 yilgi eng yaxşi töpurarlari röyxatini e’lon qildi.
Nemis portaliga köra, Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov yil boşidan buyon milliy jamoasi safida 9ta gol kiritib, bu borada jahonda peşqadamlik qilmoqda.
Töpurarlar röyxatida özbekistonlik goleadordan keyingi örinni Norvegiya milliy jamoasi hujumçisi Erling Holand va Kamerun forvardi Vensan Abubakar egallagan – 8tadan gol.
Senegal va «Bavariya» klubi forvardi Sadio Mane bu yil milliy jamoasida 7ta gol kiritgan bölsa, «PSJ» hujumçisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safida öz hisobiga 6ta gol yozib qöygan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 23 sentabr kuni Janubiy Koreyada Kamerunga qarşi, 27 sentabr kuni esa Kosta-Rika bilan örtoqlik öyinida maydonga tuşadi. Eldor Şomurodov bu bahslarda gollari sonini oşiriş imkoniyatiga ega böladi.












