Rossiya va Belorusiyadan taxta ortib, Qozoğiston va Özbekistonga yöl olgan köplab haydovçilar hafta bölyaptiki, turli çegara-ötkaziş punktlarida qolib ketişgan. Xususan, “Maştakova”, “Ozinki”, “Sagarçin” çegara punktlarida yuzlab yuk taşuvçilar solyarkasiz, pulsiz kun ötkazayotgani aytilmoqda.
“9 sentabr sanasida Rossiyaning Savinskaya viloyatidan Özbekistonga qarab yöl oldim. Yölga çiqqanlar orasida rus, özbek, qirğiz, tojik, belorus yuk maşinalari ham yölga çiqib, mana hozir uşlab turilibmiz. 13 sentabr kuni barçamizga AKT tuzib berildi va biz “Sagarçin”ga qaytarib yuborildik. Bu yerda turganimga bir hafta bölyapti. Lekin heç kim munosabat bildirgani yöq”.
Şuningdek, yuk taşuvçilarning ta’kidlaşiça, haydovçilarning barça hujjatlari joyida bölişiga qaramay, ular majburan uşlab turilibdi.
“Çiqmaslik böyiça qaror 13-sanada joriy etilgan, vaholanki, men 9-sanada yölga çiqqanman. Bojxona rasmiylaştiruvidan ötdik, deklaratsiyalarni ham berişdi, hamma hujjatlarimiz joyida, kelamiz, bu yerda Rossiya ötişga qöymaydi”,– deydi yana bir haydovçi.
“Rossiya va Belorusiyadan taxta yuklayotganda hujjatlar berildi, lekin çegaraga kelganda “taxta bilan ötmaysan” – deb turişibdi. 3 sutka bölyapti, hamma şu yerda yotibdi.
Özbek yigitlari Rossiya çegarasida “Maştakova”da qolib ketişdi. Şunga bir çora körib, qöşni davlatlar bilan muzokara qilib, bizni yurtga qaytarişingizni söraymiz”,– deydi yana bir yuk taşuvçi.
Bundan taşqari, Rossiyaning boşqa çegara-ötkaziş punktlarida ham ahvol şunday ekani aytilmoqda. Turli joylardan kelgan yuk taşuvçilar Qozoğiston hududiga ötkazilmayapti.
Holat yuzasidan Kun.uz Transport vazirligidan izoh olişga urinib kördi.
“Rossiya Federatsiyasida yoğoç mahsulotlarini olib çiqib ketişning öz tartibi bor. Ya’ni yoğoç mahsulotlarini aniq belgilab berilgan nazorat-ötkaziş punktlari orqali olib çiqib ketiş belgilangan. Haydovçilar belgilanganmagan nuqtaga borgani uçun ularni töxtatib qolişgan.
Bu böyiça elçixonaga xabar berilgan. Özbekiston Xalqaro avtomobilda yuk taşuvçilar uyuşmasi (AIRCUZ) ham bor, ular orqali ham xat çiqariladi. Şundan keyin nima bölişi ma’lum böladi.
Hozirça Rossiyaning qonunçiligi böyiça ularning özi notöğri iş qilgan. Bularning köpçiligida yuk yuboruvçi va yuk qabul qiluvçining örtasida şartnoma bölişi kerak. Köp holatlarda ularning qölida şu narsa yöqligi ham muammo tuğdiradi. Şunçaki, oğzaki kelişuvning oqibatida çegarada mana şunday holat yuzaga keladi”,– deydi matbuot kotibi.











