Jizzax viloyati Baxmal tumanida za’faron (şafran) piyozi navbatdagi partiyasi ekildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uşbu loyiha BMB Trade Group (Özbekiston) va FIN.OPERA s.r.l. (Italiya) kompaniyalari örtasida za’faron va boşqa dorivor ösimliklarni yetiştiriş, sanoat miqyosida qayta işlaş va eksport qiliş böyiça imzolangan memorandum doirasida 3 yildan beri amalga oşirilmoqda.
Italiyaning Breşia şahridan Özbekistonga 16 million donadan ortiq za’faron piyozi olib kelindi. Şu tariqa za’faron plantatsiyalari maydoni 305 gektarga, loyihaga jalb etilgan investitsiya miqdori 40,4 million yevroga yetkazildi. 400 doimiy va 4 mingdan ortiq mavsumiy iş örni yaratildi.
Ayni paytda Özbekistonda yetiştirilayotgan za’faron birinçi toifadagi sifat belgisiga ega. Mahsulot Yevropa va Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda. BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengaşi raisi Bekzod Mamatqulov aytişiça, qator sertifikatlaştiriş jarayonlari va tekşiruvlar natijasida Özbekiston za’faroni AQŞ bozorlariga çiqişga ruxsat olgan.












