“Tovar omborida qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va ombor hujjatlaridan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Tovar omborida qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va ombor hujjatlaridan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda tovar ombor guvohnomalari garov reyestri yuritilişini, qöllanilişini hamda garov ta’minoti sifatida qabul qilinişi ta’minlovçi huquqiy tartib-taomilni işlab çiqadi va amaliyotga kiritadi.

Tovar omborida tovarlarni saqlaş tovar ombori hamda tovar egasi örtasida ixtiyoriy ravişda tuziladigan omborda saqlaş şartnomasiga asosan amalga oşiriladi.

Bunda, tovar ombori tovar egasi tomonidan topşirilgan tovarlarni haq evaziga şartnomada kelişilgan muddatda va şartlarda saqlab, tovar egasi talabiga yoki şartnomada kelişilgan muddatda töliqligiça qaytarib beriş majburiyatini oladi, omborda saqlaş şartnomasi yozma ravişda ikki nusxada tuziladi va tomonlar imzolagan kundan boşlab kuçga ega böladi.

Agar omborda saqlaş şartnomasida boşqaça tartib nazarda tutilgan bölmasa, tovar ombori egasi tovarlarni saqlaş uçun qabul qilib olayotganida ularni öz hisobidan közdan keçirişi kerak.

Tovarlar, şu jumladan qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş uçun qabul qiliş quyidagi hollarda tovar ombori tomonidan rad etilişi mumkin:

  • ötkazilgan mustaqil baholaş natijalari böyiça tovarning sifat va/yoki qiymat tavsiflari bildirilgan holatlarga nisbatan salbiy bölib çiqqanda yoki mos kelmasa;
  • tovar saqlanişi tovar ombori ta’minlay olmaydigan maxsus şaroitlarni talab qilganda;
  • tovar, şu jumladan qişloq xöjaligi mahsulotlari atrofdagilar uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan xususiyatlarga ega bölganida;
  • tovar, şu jumladan qişloq xöjaligi mahsuloti sifat körsatkiçlarini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmaganda.

Omborda saqlaş davrida tovar saqlaş şartnomasida kelişilganidan yoki tabiiy buziliş me’yorlari köp darajada buzilgani aniqlangan taqdirda, tovar ombori egasi bu haqda darhol dalolatnoma tuzişi va öşa kunning özida tovar egasini xabardor etişi şart.