Mahkama xabariga köra, unda Yaşnobod tumanida “Aviasozlar” bozori atrofida valuta qimmatliklari savdosi bilan şuğullanib kelgan Ş.A. fuqaro D.ga 6 400 AQŞ dollarini 70,9 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.
Samarqand şahar bölimi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Mironşoh köçasida xorijiy valuta mablağlarini ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan F.Yu. fuqaro Ğ.ga 3 300 AQŞ dollarini 36,5 mln sömga sotgan vaqtida uşlanib, uning yonidan jami 3 940 AQŞ dollari, 37,5 mln söm va 3 000 Rossiya rubli aşyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi şunday, Andijon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, markaziy dehqon bozori atrofida valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan fuqarolar Q.Ş. va Q.N. fuqaro G.ga jami 200 ming Rossiya rublini 36,4 mln sömga sotgan vaqtlarida uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, suriştiruv şaklidagi tergov harakatlari olib borilmoqda.












