Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim vazirligi hamda Bandlik vazirligining 2023/2024 öquv yilidan boşlab oliy ta’lim tizimida dual ta’limni taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi oliy ta’lim tizimida dual ta’limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi:

  • dual ta’lim maqsad va vazifalarini;
  • dual ta’limni taşkil etiş va uning bosqiçlarini;
  • dual ta’limni taşkil etiş tartibini;
  • dual ta’lim iştirokçilari vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaş.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar:

a) har yili 1 aprelga qadar:

iqtisodiyot tarmoqlarida tegişli ta’lim yönalişlari böyiça oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan ehtiyojni örganib, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga takliflarni taqdim etadi; 

dual ta’lim taşkil etiladigan taşkilotlar böyiça Oliy ta’lim vazirligiga takliflar kiritadi;

b) dual ta’lim tizimini taşkil etiş yuzasidan tegişli çora-tadbirlarni belgilaydi.

Oliy ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar:

  • har yili tasdiqlangan çora-tadbirlar asosida talabalarni dual ta’lim dasturlari asosida öqişga jalb etiş işlarini taşkil etadi;
  • dual ta’lim taşkil etiladigan taşkilot va oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini taşkil etiş yuzasidan hamkorlik yölga qöyilişini hamda kelişilgan öquv rejasi va öquv jarayoni jadvali tasdiqlanişini ta’minlaydi;
  • talabalarni belgilangan muddatlarda oliy ta’lim muassasalaridagi öquv jarayonlarida iştirok etişlarini va tegişli taşkilotlarda amaliy maşğulotlar bilan birga mehnat faoliyati olib borişlarini ta’minlaydi;
  • oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim jarayoni taşkil etilişi ustidan tizimli nazorat örnatadi.

Oliy ta’lim vazirligi har yili 1 mayga qadar tizimida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar bilan kelişilgan holda dual ta’lim taşkil etiladigan oliy ta’lim yönalişlari va muassasalarini belgilaydi.

Dual ta’lim böyiça oliy ta’lim muassasalariga talabalarni öqişga qabul qiliş parametrlari Davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlat komissiyasi tomonidan Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida tasdiqlanadi.