Prezident Şavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual taʼlimni taşkil qiliş, şuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining Özbekistondagi filiali faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan taqdimotlar bilan tanişdi.
Taqdimotda qayd etilişiça, iqtisodiyot tarmoqlariga iş jarayonini biladigan, zamonaviy könikmalarga ega mutaxassislar zarur. Şu maqsadda talabaning oliygohdagi nazariy taʼlimini korxonadagi amaliy maşğulotlar bilan boğlaş böyiça takliflar işlab çiqilgan.
Bundan uç oy avval 10 nafar rektor Germaniyaga dual taʼlim tizimini örganiş uçun yuborilgan edi. Uşbu mamlakat tajribasida bitiruvçilarning 70-75 foizi özi amaliyot ötagan korxonada işlab qolmoqda. Taqdimotda Germaniya tajribasini mamlakatimiz şaroitiga moslaştiriş va bu jarayonda korxonalarning kadrlar tayyorlaşdagi iştirokini kuçaytiriş masalalari körib çiqildi.
Özbekistonda ham mazkur yönalişda amaliy tajriba şakllanmoqda. Jumladan, Andijon viloyatida 11 ming nafar talaba 2 mingta korxonada dual taʼlim asosida amaliyot ötamoqda.
Davlat rahbari barça rektorlarni Andijonga yuborib, uşbu tajribani joyida örganişni topşirdi. Germaniyada bölgan rektorlar hududlar hokimlariga biriktirilib, dual taʼlimni taşkil etiş böyiça aniq strategiya va ilmiy asoslangan takliflar tayyorlaydi.
Uçinçi va törtinçi bosqiç talabalarining kamida 80 foizini, yaʼni 185 ming nafar yoşni dual taʼlim bilan qamrab oliş maqsadi belgilandi. Dastlab muhandislik, işlab çiqariş, quriliş va qişloq xöjaligi kabi sohalarga ustuvorlik beriş taklif etilmoqda. 2027/2028 öquv yilida uşbu şakldagi taʼlimga 75 ta oliygoh va 3,5 mingta korxonani jalb qilib, 12,5 ming nafar talaba uçun öqiş va amaliyotni birgalikda taşkil etiş rejalaştirilgan.
Yangi modelda oliygoh, korxona va talaba örtasidagi munosabatlar şartnoma asosida yölga qöyiladi. Öquv dasturi korxona ehtiyojiga moslaştirilib, talabaga iş joyida malakali murabbiy biriktiriladi. Amaliyot öqiş bilan bir vaqtda yoki soha xususiyatidan kelib çiqib alohida davrda taşkil etilişi mumkin.
Talabalarni amaliyotga qabul qilgan, ular uçun öqiş şaroitini yaratgan va keyinçalik işga joylagan korxonalarni rağbatlantiriş çoralari ham taqdimot qilindi.
Xususan, talabaga tölangan iş haqining 50 foizini subsidiya sifatida qoplaş, bojxona tölovlari va amortizatsiya böyiça imtiyozlar beriş, 25 nafardan ortiq talabani amaliyotga olgan korxonalarga davlat xaridlarida preferensiyalar qöllaş taklif qilinmoqda. Bunday qöllab-quvvatlaşni inson omilini kamaytirgan holda raqamli platforma orqali amalga oşiriş zarurligi taʼkidlandi.








