Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan neft mahsulotlari va uglevodorod xomaşyosi import örnini bosiş, mamlakatimizda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlaş borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolari tomonidan bir qator işlar amalga oşirilmoqda. 

Import örnini bosadigan, eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş, yoqilği mustaqilligiga eriş böyiça berilgan topşiriqlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi holatini örganiş uçun Boşqaruv raisi va “Işçi guruh” a’zolari Buxoro neft qayta işlaş zavodi (Buxoro NQIZ) işlab çiqariş maydonlarida böldi.

“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisining Buxoro NQIZga işçi taşrifi doirasida korxona mutaxassislari bilan uçraşuv bölib ötdi, unda GTL sintetik kerosinini jalb qiliş orqali JetA-1-SSF (Djyet A-1) aviatsiya yoqilğisini işlab çiqarişga doir muhim masalalar muhokama qilindi. 

Bugungi kunda sintetik yoqilğini qabul qiliş uçun barça infratuzilma tayyor bölgani, uni Djyet A-1 aviatsiya yoqilğisi işlab çiqariş böyiça tayyor mahsulot darajasiga yetkaziş böyiça töliq dastur işlab çiqilgani hamda amalga oşirilgan işlar hisoboti berildi.

Öz navbatida, Buxoro NQIZda sintetik kerosinni qabul qiliş va saqlaşga möljallangan har birining hajmi 5000 metr kub bölgan ikkita siğim qurilib, foydalanişga topşirildi. 

Loyiha, şuningdek, zavodning an’anaviy Djyet A-1 aviayoqilğisi bilan aralaştiriş va Djyet A-1 (JetA-1)-SSF gaz turbinali dvigatellari uçun yarim sintetik aviatsiya yoqilğisi işlab çiqariş uçun Buxoro NQIZga GTL sintetik kerosinini yetkazib berişni közda tutadi.

Mazkur loyihani ilk bosqiçidan boşlab, Buxoro NQIZ mutaxassislari Djyet A-1 aviatsiya yoqilğisining sifat körsatkiçlarini buzmasdan, örnatilgan me’yoriy hujjatlar talablari asosida an’anaviy kerosin bilan optimal nisbatni aniqlaş uçun şunga öxşaş GTL zavodlarida işlab çiqarilgan sintetik kerosin namunalari bilan doimiy ravişda laboratoriya tadqiqotlarini olib borişdi. 

“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi boşçiligida loyihani amalga oşiriş jarayonida Buxoro NQIZ rahbariyati va mutaxassislari tomonidan zavodning işlab çiqariş sexlari va tahlilxonalarida “Uzbekistan GTL” zavodi uçun mutaxassislar tayyorlaş, ularni uy-joy, oziq-ovqat, iş bilan ta’minlaş va öqitiş böyiça köplab işlar amalga oşirildi.

Yarim sintetik (Jyet A-1 SSF) yoqilğisining xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlaş maqsadida, Buxoro NQIZ mutaxassislari tomonidan, tegişli vazirlik, idoralar va nazorat organlari bilan kelişildi hamda Öz DSt 1117:2007 “Jyet A-1 gaz turbinali dvigatellari uçun aviatsiya yoqilğisi texnik şartlar” Davlat standartiga tegişli özgartirişlar kiritildi.

Natijada, 2022 yilning 15 sentabr kuni Buxoro NQIZga 511 tonnalik sintetik komponentning birinçi partiyasini olindi. Joriy yilning 17 sentabrida esa Buxoro NQIZ, “Uzbekistan GTL” va “SGS” kompaniya vakillari iştirokida zavodga sintetik kerosin qabul qilindi. 

Şundan söng, Öz DSt 1117: 2007ga 5-sonli özgartiriş talablariga muvofiq quyiş işlari amalga oşirilib, Buxoro NQIZning an’anaviy kerosin bilan 50% ga 50% miqdorida aralaştirildi. 18 sentabrda yarim sintetik aviatsiya yoqilğining tajriba-sinov partiyasiga pasport beriş amalga oşirildi. Pasport beriş natijalari yarim sintetik aviatsiya yoqilğisining Öz DSt 1117: 2007 standarti talablariga töliq muvofiqligini körsatdi.

2022 yilning 19 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlaştiriş tizimida yangi mahsulot – Djyet A-1 (Jet A-1)-SSF gaz turbinali dvigatellari uçun aviatsiya yoqilğisi sertifikatlandi va muvofiqlik sertifikati olindi.

Joriy yil 21 sentabr kuni transport vaziri va “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi boşçiligida Transport vazirligi, “Özbekneftgaz” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Özaviatsiya” agentligi, “Uzbekistan GTL” MÇJ va “Buxoro NQIZ” MÇJ rahbar va mas’ul xodimlaridan taşkil topgan işçi guruhning navbatdagi yiğilişida, "Uzbekistan GTL" sintetik kerosinini jalb qilgan holda, Buxoro NQIZda yarim sintetik Jyet A-1 (Jet A-1)-SSF aviakerosinini işlab çiqariş va havo kemalarida qöllaş masalalari muhokama qilinib, uşbu turdagi aviayoqilğini qöllaşni boşlaş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilab olindi.

2022 yil 23 sentabr kuni “Boeing” kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodida işlab çiqarilgan “GTL” kerosinni Buxoro neftni qayta işlaş zavodida tayyorlanadigan an’anaviy “Jet A-1” aviayoqilğisi bilan aralaştiriş komponenti sifatida işlatiş imkoniyati yuzasidan yuborilgan sörovga ijobiy xulosa berdi va rasman tasdiqladi. 

25 sentabr kuni esa Fransiyaning “Airbus” aviakompaniyasi aviatsiya yoqilğisi sohasidagi texnik talablarni tartibga soluvçi “ASTM7566” xalqaro standartlariga asoslanib, xuddi şunday tasdiqnoma yubordi. 

Şu bilan birga, Şveytsariyaning mustaqil ekspertiza, nazorat, sinov va sertifikatlaştiriş bilan şuğullanuvçi “SGS” kompaniyasi Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarilayotgan “GTL Jet A-1” yarim sintetik aviayoqilğisi sifati xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi. Bu esa aviatsiya uçun yoqilği sifatida foydalaniş imkonini beradi.  

Bugungi kunda, Buxoro NQIZda yuqoridagi mexanizmlar asosida, xalqaro standart talablariga töla mos keladigan mahsulot işlab çiqarilib, birja savdolari orqali dastlabki 1020 tonna Jyet A-1 (Jet A-1)-SSF rusumli aviayoqilğisi “Uzbekistan Airways” kompaniyasiga realizatsiya qilindi.

Respublikamizda uşbu mahsulot işlab çiqarilişi yölga qöyilgani, nafaqat içki iste’molçilar, balki dunyoning boşqa davlatlaridan keladigan havo kemalari ehtiyoji qondirilişida, turizm salohiyati oşişida, şu bilan birgalikda, valuta mablağlari iqtisod qilinişida hamda import örnini bosuvçi asosiy omil sifatida xizmat qiladi.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ