Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasida “Borsakelmas” davlat buyurtma qöriqxonasini taşkil qiliş töğrisida”gi qarori tasdiqlandi.

Qaror bilan tabiatni muhofaza qiliş davlat muassasasi şaklida Qönğirot tumanida umumiy maydoni 280 000 gektar bölgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qöriqxonasini taşkil etiş belgilandi. 

Qöriqxonaga ajratiladigan yer uçastkalari va qöriqlanma zonalarining maydoni, ijro etuvçi apparatining tuzilmasi tasdiqlandi.

“Borsakelmas” davlat buyurtma qöriqxonasi Davlat ekologiya qömitasi tuzilmasiga kiradi. 

Buyurtma qöriqxonasi faoliyatini moliyalaştiriş 2022 yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasi mablağlari va qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga, 2023 yildan boşlab Qoraqalpoğiston budjeti mablağlari, Davlat ekologiya qömitasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasi hamda qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.

Hujjat bilan buyurtma qöriqxonasi hududida tabiiy majmualar va landşaftlar, noyob va yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan ösimlik va hayvon turlari muhofazaga olinadigan asosiy obektlar hisoblanişi, buyurtma qöriqxonasi qöriqlanma zonasidagi yerlar uşbu hududlarda joylaşgan yer egalari, yerdan foydalanuvçilar va ijaraçilar ixtiyorida qolişi belgilandi.