AQŞ hukumati Erondan neft eksport qilgani uçun bir qança korxonalarga sanksiyalar kiritdi. Birlaşgan Arab Amirliklari, Hongkong, Hindiston va boşqa mamlakatlarda şu’ba korxonalari bölgan kompaniyalar tarmoği embargoni çetlab ötib, yuzlab million dollarlik Eron nefti va neft mahsulotlarini eksport qilgan, deya xabar berdi payşanba, 29 sentabr kuni AQŞ Moliya vazirligi.

Bundan taşqari, Davlat departamenti Xitoyning ikkita logistika kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Ularning AQŞdagi barça aktivlari muzlatiladi. Vaşington, agar Tehron 2015 yilgi Vena yadroviy kelişuviga qaytsa, Eronga qöyilgan neft embargosi   bekor qilinişini ta’kidladi.

2018 yilda, Donald Tramp prezidentligi davrida AQŞ bir tomonlama ravişda Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqdi. Bu hujjat Tehronga sanksiyalarni bekor qiliş evaziga yadroviy dasturini çeklaş böyiça qator qadamlar qöyişni nazarda tutgan.

Keyinçalik Vaşington ittifoqçi davlatlar kompaniyalaridan jazo tahdidi ostida Eron neftini sotib olişni töxtatişni talab qilib, Eronga nisbatan sanksiyalarni yangiladi.