BMT boş kotibi Antoniu Guterriş «DXR», «LXR», Xerson va Zaporijjya oblastlarida ötkazilgan «referendum»lar natijalariga köra ularning Rossiyaga qöşilişini qabul qilib bölmasligini aytdi.
"Kreml ertaga Moskvada Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporijjya oblastlari annexiasi jarayonini boşlab beradigan marosim ötkazilişini e’lon qildi. Bu tahdid onlarida men BMT nizomini bajarişni boş kotib sifatidagi burçim deb bilaman", - dedi Guterriş.
Uning qayd etişiça, davlat hududining har qanday annexiasi BMT nizomi va xalqaro huquqning buzilişi hisoblanadi. Guterriş Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşining beşta doimiy a’zolaridan biri sifatida BMT nizomi bajarilişi uçun javobgar ekanligini ta’kidladi.
"Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarini qöşib oliş töğrisidagi har qanday qaror yuridik kuçga ega emas va muhokama qilinmaydi", - dedi u.
Uning sözlariga köra, bunday qaror "xalqaro huquqiy bazaga muvofiq emas, xavfli eskalatsiya hisoblanadi" va "bu qaror qabul qilinmasligi kerak".
"Okkupatsiya qilingan hududlardagi «referendum»lar faol qurolli nizo vaqtida, Rossiya egallab olgan hududlarda va Ukrainaning huquqiy va konstitutsion maydonidan taşqarida ötkazildi. Ularni xalq irodasining haqiqiy ifodasi deb bölmaydi", - dedi Guterriş.
27 sentabr kuni Ukrainaning bosib olingan tört hududida Rossiyaga qöşiliş böyiça beş kunlik «referendum»lar yakunlandi.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 30 sentabr kuni Kremlda Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qöşiş böyiça kelişuvlarni imzolaş marosimi bölib ötişini ma’lum qildi.













