Rossiyada politsiyaçilarning mamlakatdan çiqib ketişi taqiqlab qöyildi. Bu haqda qator ommaviy axborot vositalari, şuningdek, Rossiya Turoperatorlari uyuşmasi öz manbalariga tayanib xabar beryapti.
Baza Telegram-kanalining xabar berişiça, 23 sentabr kuni imzolangan buyruqqa köra, Içki işlar vazirligi şaxsiy tarkibi va rahbariyati, jumladan, ayollar ham rahbariyat tomonidan tasdiqlanmasa, mamlakatdan çiqib ketiş huquqiga ega emas.
47.ru naşrining ta’kidlaşiça, içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsevning buyruğiga köra, agar 21 sentabr kuni safarbarlik e’lon qilinganidan keyin çipta yoki yöllanma sotib olingan bölsa, politsiya xodimlariga çet elga çiqiş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, Baza ma’lumotlariga qaraganda, davlat sirlaridan xabardor bölgan politsiyaçilar pasportlarini topşirişlari şart.
Bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining «mustaqilligi» va «suvereniteti»ni tan oliş haqidagi farmonlarni imzolagandi. Hujjatlar 30 sentabr, jumaga ötar keçasi huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Rossiya qöşinlari Ukrainaga töliq miqyosda bostirib kirişi paytida uşbu mintaqalar hududlarining faqat bir qismini egallab olişdi. Xususan, Zaporijjya oblasti markazi Ukraina nazorati ostida.












