Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukraina ikki hududining «mustaqilligi» haqidagi farmonlarni imzoladi
Putin Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining «suvereniteti» va «mustaqilligi» haqidagi farmonlarni imzoladi. 30 sentabr kuni Rossiya Ukrainaning to‘rtta mintaqasini annexia qilishini e’lon qilishi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining «mustaqilligi» va «suvereniteti»ni tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Hujjatlar 30 sentabr, jumaga o‘tar kechasi huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishi paytida ushbu mintaqalar hududlarining faqat bir qismini egallab olishdi. Xususan, Zaporijjya oblasti markazi Ukraina nazorati ostida.

Avvalroq, 30 sentabr kuni Rossiya Ukrainaning to‘rtta mintaqasini annexia qilish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 30 sentabr kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR», shuningdek, Ukrainaning Rossiya tomonidan «referendumlar» o‘tkazilgan Xerson va Zaporijjya oblastlarining «Rossiyaga kirish to‘g‘risidagi shartnomalari» imzolanadi. Putinning tadbirda katta nutq so‘zlashi kutilmoqda.

27 sentabr kuni, Ukrainaning bosib olingan to‘rt hududida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha besh kunlik «referendum»lar yakunlandi.
21 sentabr kuni Putin bunday «referendum»lar o‘tkazilishini ma’qullagan va «vatan himoyasi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash» uchun «qisman» safarbarlik e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
14:20 / 11.06.2026