Yevropada klublar futboli eng tiğiz pallaga kelmoqda. Jahon çempionati tufayli oktyabr oyida har uç kunda futbol köramiz, top-klublar esa şu oyning özida 10tadan uçraşuvda maydonga tuşadilar. Çempionatlardagi muvozanat ham, YeÇL guruh bosqiçi ham aynan şu oyda deyarli hal böladi. El Klasiko-yu Der Klassiker, A Seriyaning ham klasikosi bölmiş «Yuventus» va «Milan» töqnaşuvi, Mançester va London derbilari aynan şu oyda bizni kutib turibdi. Qani, bugundan boşladik.

APL. 9-tur
1 oktyabr (şanba)
ARSeNAL – TOTTeNHEM
Öyin boşlaniş vaqti: 16:30
Translatsiya: Setanta Spors

Şimoliy London derbisi. Birgina şu ta’rifning özi uşbu uçraşuvga e’tibor qiliş uçun yetarli bölsa-da, bu safar turnir jadvali nuqtai nazaridan ham eng markaziy öyiniga aylangan va hatto Mançester derbisini ham soya ostida qoldirişi mumkin. Arteta şogirdlari 7 öyindan 6tasida ğalaba qozonib, yakka peşqadam bölib turgan bölişsa, «Tottenhem» atigi bir oçko ortda bormoqda va hali mağlubiyatga uçragani yöq.

Ammo har ikki jamoaning bunday ijobiy seriya körsatişiga musobaqa taqvimi ham ta’sir qilganini ta’kidlaşmoqda. «Arsenal» ham, «Tottenhem» ham uşbu mavsumda top-6ga qarşi bittadan öyinda maydonga tuşişdi. «Arsenal» «Old Trafford»da mağlubiyatga uçragan bölsa, Konte jamoasi «Stemford Brij»da faqat sönggi daqiqalarda hisobni tenglaştirdi. Ya’ni, hozirça bu jamoalar nisbatan kuçsizroq raqiblar bilan yöqotişsiz ketayotganliklari uçun ham oldinda borişmoqda va bu derbi har ikki jamoa uçun ham katta imtihon.

Öyin terma jamoalar yiğinlaridan söng bölayotgani uçun asosiy tarkibni taxmin qiliş qiyin, zero qaysi futbolçi qanday formada bölişi hozirça ma’lum emas. Agar tanaffusdan oldingi holatdan kelib çiqsak, mezbonlarda Smit-Rouning jarohati Artetaning qölini boğlaşi mumkin. Undan taşqari, Sedrik Soareş, El-Nennilarning ham jamoaga yordam berişi söroq ostida. «Tottenhem»da yöqotişlar jiddiyroq – Lorisning darvozada turişi söroq ostida, şuningdek, sönggi paytlarda oldingi çiziqda asosiy figuralardan biriga aylangan Kulusevski bir neça kunga safdan çiqqan. Lekin «Lester»ga qarşi öyin Son Hyon Minning ham qaytganini körsatdi. Konteda tarkib tanlaşda muammo bölmasligi kerak.

Özaro öyinlardagi yaqin tarixga qarasak, oxirgi ikki mavsumda kim mezbon bölsa, öşa jamoaga omad kulib boqmoqda. Sönggi 30 öyinda umuman natijalar teng – har ikki tomonda 11tadan ğalaba. Yana bir qiziq ma’lumot – Premer-liga taşkil bölganidan buyon «Arsenal» mavsum yakunlarida qöşnilaridan doim yuqoriroq örinni egallab kelgan. Ammo beş yildan beri muvozanat özgardi va endi «Tottenhem» mavsumni yuqorida yakunlamoqda. Nafaqat bugungi öyin, umuman mavsum nuqtai nazaridan ham ança prinsipial töqnaşuvning guvohi bölişga tayyorgarlik köravering.

A Seriya. 8-tur
1 oktyabr (şanba)
INTeR – ROMA
Öyin boşlaniş vaqti: 21:00
Translatsiya: Sport

Köpçilik A Seriyaning joriy mavsumini aynan «Inter» va «Roma» kuçli boşlaşini taxmin qilişgandi. Milanliklar ötgan mavsumda çempionlik uçun kuraşişgan va yozda bir qator zarur transferlarni amalga oşirişgan. «Roma» esa transfer bozorida eng yaxşi işlagan klub böldi – Matiç, Belotti, Veynaldum, Dibala kabi tajribali futbolçilar kelib qöşildi. Mourinoning ikkinçi mavsumi haqidagi afsonalar ham hali butkul bekor qilinmadi.

Lekin kutilmaganda, avgust-sentabr köproq «Napoli», «Atalanta» va «Udineze» kabi jamoalarga ataldi. Qahramonlarimiz esa hozirça oltinçi va yettinçi örinlarni egallab turişibdi. E’tiborli jihati, har ikki jamoa aynan katta öyinlarda işonçni oqlay olmayapti – «Inter» allaqaçon ham «Latsio», ham «Milan», ham «Udineze»ga mağlubiyatga uçrab ulgurdi, Çempionlar ligasida «Bavariya»ga qarşi heç narsa qila olmadi. «Roma» esa ötgan turda «Atalanta»ga öz maydonida imkoniyatni boy bergan bölsa, «Udineze»ga qarşi safar öyini yirik mağlubiyat bilan yakunlangandi. Taxmin qiliş mumkinki, har ikki murabbiy uçun ham hal qiluvçi töqnaşuv böladi va agar kimdir mağlubiyatga uçraydigan bölsa, hatto kursisi qimirlab, iste’fo haqida xabarlar çiqa boşlaşi mumkin.

Yöqotişlarga kelsak, «Inter» safida Marselo Brozoviçning yöqligi bilinişi tabiiy. Futbolçi sariq kartoçkalar köpayib ketgani uçun diskvalifikatsiya qilingan. Buning ustiga u milliy jamoalar yiğinida Avstriyaga qarşi uçraşuvda jarohat ham olib, qisqa muddatga safdan çiqdi. «Inter»ni kelasi hafta «Barselona»ga qarşi muhim öyin kutib turganini e’tiborga olsak, jiddiy yöqotiş. Rimliklar tarkibida jarohatlanganlar yöq hisobi. Faqat maydon çetida bir insonning yöqligi bilinişi aniq – Joze Mourino «Atalanta»ga qarşi öyinda hakam tomonidan çetlatilgandi. «Inter»ga qarşi jamoani uning yordamçisi Salvatore Foti boşqarib turadi.

Özaro öyinlarga kelsak, 2017 yilning fevralida «Roma» raqibi ustidan 3:1 hisobida ğalaba qozongandi. Gollarni Nainggolan va Perotti, milanliklardan esa Ikardi kiritgan. «Roma» tarkibida Saloh, Jyeko va Şçensni, «Inter»da esa Medel va Kondogbiyalar töp surgan. Öşa tarkibdan «Inter»da faqat darvozabon va bugun maydonga tuşa olmaydigan Brozoviç qolgan bölsa, «Roma»da heç kim yöq. Ya’ni ança böldi. Xullas, öşa uçraşuvdan beri 11 öyin ötdi va rimliklar «Inter» ustidan ğalaba qozona olgani yöq. Darvoqe, mana şu eslangan öyin ham Milanda bölib ötgandi.

La Liga. 7-tur
1 oktyabr (şanba)
SeVILYa – ATLeTIKO
Öyin boşlaniş vaqti: 21:30
Translatsiya: YoşlarTV

La Ligada çempionlik kuraşi katta ehtimol bilan «Real» va «Barselona» örtasida keçişi körinib turibdi. Sönggi mavsumlardan farqli ravişda, bu jamoalarda muammolar yöq va bunday şartlarda keyingi eşelonning qarşilik qila olişi imkonsiz. Ammo qöyiroqda, ya’ni Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun ham ança şiddatli kuraşning guvohi bölişimiz ehtimoli katta. Mavsumni yaxşi boşlagan «Atletik» va «Betis»ni hozirça qavs içiga olib tursak, yana uç jamoa – «Sevilya», «Atletiko» va «Vilyareal» tarkibi, tajribasi, Yevropadagi örni (qiziği, oxirgi tört yilda uçala jamoa ham Yevropa ligasi ğolibi bölgan) nuqtai nazaridan bir-biriga juda mosdir. Turli uslub va murabbiylar, ammo özaro mos saviyadagi ijroçilar bölgan bu uç jamoa yakunda qanday natijaga ega bölişi albatta, qiziq. Ularning özaro öyinlari esa tabiiyki, La Liganing haqiqiy sifat belgisini namoyiş qiladi – El-Klasiko köproq dunyo futboli töqnaşuvi bölsa, mana bunday öyinlar La Liganing haqiqiy taşrif qoğozidir.

Ammo bugungi turnir jadvaliga qaraganimizda, «Atletiko» ham, ayniqsa, «Sevilya» ham kutilganidan köp oçko yöqotdi va endi yuqoriga çiqişga urinmoqda. Bunday şaroitda har qanday yöqotilgan oçko vaziyatni oğirlaştirişi şubhasiz. Ötgan turda «Sevilya» «Vilyareal» bilan durang öynagan bölsa, «Atletiko» Madrid derbisida yutqazdi. Oktyabr klublar uçun juda tiğiz va bu jamoalar Çempionlar ligasida ham töp surayotganini e’tiborga olsak, juda muhim ham. Şunday davrni albatta, ğalaba bilan boşlaş şart.

Mezbonlar tarkibida Korona va Markaoda jarohatlar bor va bu öyinda maydonga tuşa olişmaydi. Simeone şogirdlari içida faqat Mario Ermeso şeriklariga yordam bera olmaydi. Esingizda bölsa, u «Real»ga qarşi öyinda avval hisobni tenglaştirgan, keyin esa maydondan çetlatilgandi. Futbolçi bugun diskvalifikatsiyasini ötaydi.

APL. 9-tur
2 oktyabr (yakşanba)
MANÇeSTeR SITI – MANÇeSTeR YuNAYTeD
Öyin boşlaniş vaqti: 18:00
Translatsiya: Setanta Spors

Derbi oldidan ötkazilgan matbuot anjumani Pep Gvardiola raqib murabbiyi Erik ten Hag haqida iliq fikrlar aytdi va özidan keyin «Mançester Siti»ni boşqariş uçun Erik munosib nomzod bölardi, dedi. Bu albatta katta e’tirof va yana bir jihatni ifodalaydi – usluban murabbiylar juda yaqin, Erik ten Hag Mançesterning qizil tarafida ham xuddi Gvardiola jamoasidek uslubdagi jamoa qurişi mumkin. Derbida esa ten Hag öşa özi intilayotgan va tayyor jamoaga qarşi sinovdan ötadi.

Albatta, bugungi «Mançester Yunayted» öyinni töliq nazorat qiladigan «Ayaks» yoki «Mançester Siti»dan ança uzoq, ayniqsa, katta raqiblarga qarşi ten Hag qarşi hujumlarga tayangan holda harakat qilmoqda. Jamoa tarkibidagi ijroçilar ham asosan Mourino va Sulşer davrida şakllangan, tabiiyki, dastlabki oylarda ularning ustunliklariga mos şaklda taktika tanlanadi. Umuman «Mançester Siti»ga qarşi har qanday jamoa ham qarşi hujumlarga tayanişi tabiiy. «Yunayted» muxlislari aynan tezkor qarşi hujumlar uçun mos bölgan Reşford va Marsiyalning jarohatidan xavotirda edilar. Lekin ma’lum bölişiça, Marsiyal hafta davomida jamoa bilan şuğullangan, Reşford ham qaytgan. Mehmonlar tarkibida faqat Harri Maguayr milliy jamoa öyinida jarohat oldi va derbida öynay olmaydi. Lekin şundoq ham jamoa sardori sönggi uçraşuvlarda zaxirada qolayotgandi.

Har ikki murabbiyga berilgan savollar içida jurnalistlar Holand – Martines dueliga e’tibor qaratdilar. Şubhasiz, Holand hozirda APLning eng yaxşi hujumçisi, Martines esa dastlabki turlarda past böyi tufayli köp muhokamalarga sabab bölsa-da, keyinçalik öz öyinini topdi va köp körsatkiçlar böyiça hozirda turnirning eng yaxşi markaziy himoyaçilaridan biri bölib turibdi. Gvardiola Martines haqida iliq fikrlar bildirgan holda, Holandning böyi baland ekani va jarima maydonida bu ustunlik berişi mumkinligini ta’kidladi. Aytgança, bu ikki futbolçi ötgan mavsumda boşqa jamoalar safida YeÇL musobaqasida töqnaş kelişgan. Öşanda himoyaçining qöli baland kelgandi. Mezbonlar safida markaziy himoyada muammolar bor. Lyaport ham, Stounz ham jarohatlanişgan. Lekin sönggi öyinlarda Akanji ham yuqori saviyada öyin körsatayotganini ta’kidlaş zarur.

Özaro öyinlarga kelsak, oxirgi ön yillikni olganda, deyarli tenglikni körişimiz mumkin. «Mançester Siti» ligada gegemonlik qilayotgan bölsa-da, aynan derbilarda yaqqol ustunlikni körmaymiz. Faqat oxirgi mavsum jamoalar örtasidagi farqni oçib berdi. «Yunayted» öz ğalabalarini asosan himoyaviy uslubda va alohida reja bilan yutgan bölsa, ötgan mavsumning har ikki öyinida «Mançester Siti» yaqqol ustunlik qildi va umumiy 6:1 hisobida ikki öyinni öz foydasiga hal qildi. Bemalol ikki barobar köproq gol urişi ham mumkin edi. Erik ten Hag bu farqni qay darajada qisqartirdi, «Arsenal» va «Liverpul»ga qarşi öyinlar kabi, bu safar ham aniq reja va ijroni köra olamizmi, bu savollarga yakşanba kuni javob olamiz.

BOŞQA ÖYINLAR

1 oktyabr. NAPOLI – Torino (18:00), Ayntraxt – UNION BeRLIN (18:30), Kristal Pelas – ÇeLSI (19:00), LIVeRPUL – Brayton (19:00), Malorka – BARSeLONA (23:55)

2 oktyabr. LATsIO – Spetsiya (15:30), ATALANTA – Fiorentina (21:00), YuVeNTUS – Bolonya (23:45),PSJ – Nitssa (23:55), ReAL – Osasuna (23:55).