Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Tavfiq ibn Favzan ar-Robiya bilan uçraşdi.
Muloqotda ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlik asosiy jihatlari hamda uni rivojlantiriş istiqbollari, Özbekiston fuqarolarining Haj va Umra ziyoratlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat örtasidagi özaro savdo masalalari körib çiqildi. Tomonlar Özbekiston bilan Saudiya Arabistoni örtasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantiriş, yetkazib beriladigan tovarlar turlarini kengaytiriş, transport-logistika aloqalarini kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Özbekistonliklarning Haj va Umra ziyoratlarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar özbekistonlik ziyoratçilarning çegara va bojxona nazoratidan ötişi, biometrik ma’lumotlarni elektron röyxatga oliş şartlarini optimallaştiriş jarayonini faollaştiriş böyiça kelişuvga erişdi.












