Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis uşbu haftada Pragada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşişga tayyor. Bu haqda Kathimerini naşri hukumat rasmiy vakili Ioannis Ikonomga tayanib xabar berdi.
"Agarda öz bayonotlari bilan keskinlikni kuçaytirgan Turkiya prezidenti Gretsiya boş vaziri bilan uçraşadigan bölsa, Gretsiya tomoni bunga ijobiy javob qaytaradi", - deya Ikonomning sözlaridan iqtibos keltirgan naşr.
Turkiya va Gretsiya örtasidagi munosabatlar 23 avgust kuni Turkiya samolyotlari Egey dengizi ustida Gretsiyaning S-300 havo hujumidan mudofaa tizimlari nişoniga olinganidan söng keskinlaşdi.
Turkiya hukumati harbiy samolyotlari Gretsiya tomonidan ta’qib qilinişi masalasini NATO darajasida kötarib çiqişini ma’lum qildi.
Sentyabr boşlarida Erdöğan Gretsiyani tarixdan saboq olişga çaqirgandi.












