2022 yil 29 sentabr kuni Içki işlar vazirligida boşqarma tezkor vakili lavozimida işlagan xodim özaro kelişmovçilik natijasida ikki nafar şaxs tomonidan qasddan öldirilib, jasadi Çirçiq daryosiga taşlab yuborilgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ötkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvçining murdasi daryodan topilgan va gumonlanuvçilar protsessual tartibda uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boş prokuratura, şuningdek, tergovga aralaşiş va tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmasligini bildirdi.












