Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni bölib ötgan ÖzLiDeP qurultoyida jurnalistlar hamişa prezident himoyasida bölişini ma'lum qildi.
«Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiladi. Men haqiqat va adolatni öz e'tiqodi deb biladigan barça jurnalistlarni islohotlarning faol iştirokçilari, deb bilaman va ular hamişa Prezident himoyasida böladi. Bu fikrni bugun yana bir bor ta'kidlayman», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbarining bu sözlari yil dasturiga alohida band bölib kirib, allaqaçon ijro etilişi lozim bölgan, ammo öta sirli tarzda e'tiborsiz qoldirilayotgan masalani yana kun tartibiga çiqardi.
«Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturining 17-bandida söz erkinligini ta'minlaş va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantiriş uçun huquqiy asoslarni yanada kuçaytirişga oid prezident qarori loyihasi işlab çiqilişi belgilangandi.
Mamlakatdagi islohotlarning asosiy yöl xaritasi hisoblangan davlat dasturiga köra qabul qilinişi kerak bölgan prezident qarorida OAVning mustaqil faoliyat yuritişini qöllab-quvvatlaş, jurnalist va blogerlar erkin faoliyat yuritişi uçun huquqiy asoslarni mustahkamlaş, AOKA faoliyatini qayta körib çiqiş kabi masalalar örin olişi közda tutilgandi.
Biroq...
2021 yil may oyigaça işlab çiqilişi lozim bölgan qaror loyihasidan darak bölavermagaç Kun.uz bu masalaga e'tibor qaratgan edi.
Qaror loyihasi işlab çiqilgani va kelişuv jarayonida ekani haqida aytgan AOKA vakili loyihada ommaviy axborot vositalariga bir qança imtiyoz va preferensiyalar hamda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatiga özgarişlar kiritilayotganini ma'lum qilgandi öşanda.
1 may ötib bölganiga ham mana 4 oydan oşdi.
«Tasdiqlanadimi, yöqmi, biz bilmaymiz» – AOKA

















