Kodeks loyihasining 184-moddasida jurnalistning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş, ya'ni uni axborotni tarqatişga yoki tarqatmaslikka majburlaş maqsadida öz xizmat mavqeyidan foydalanib jurnalistga yoxud uning yaqin qarindoşiga zörlik işlatiş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.

Mazkur harakatlar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça jarima yoki 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi körsatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz saytida “Jazo ketidan jazo. Qonunçilik jarayoni OAVga nisbatan biryoqlama işlayapti(mi?)” sarlavhali maqola e'lon qilinib, unda jurnalist va bloger faoliyatiga tösqinlik qilganlik, söz erkinligiga tahdid qilganlik uçun heç qanday qonuniy javobgarlik belgilanmagani, aksinça hadeb ularning mas'uliyatini oşiruvçi, qat'iy talablar qöyuvçi qonunlar işlab çiqilayotgani tanqid qilingandi.