Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyalar Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga özgartiş kiritiş haqidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qiliş, ularning sörovi yuzasidan özida mavjud oçiq axborotni taqdim etmaslik yoki notöğri ma'lumot taqdim etganlik uçun ma'muriy javobgarlik belgilaş közda tutilyapti.

Bundan taşqari, diffamatsiya (tuhmat va haqorat) bilan boğliq jinoyatlar tarkibiga yengillaştiriş çoralari kiritilmoqda.

Unga köra, şaxsning qadr-qimmatini kamsituvçi, uni obrösizlantirişga qaratilgan yolğon axborotni işonçli ma'lumot körinişida bila turib telekommunikatsiya, internet tarmoqlariga joylaştirganlik uçun ma'muriy javobgarlik belgilanadi.

Amaldagi qonunçilikda bu turdagi harakat uçun töğridan töğri jinoiy javobgarlik bor. Taklif etilayotgan loyihada esa şaxs şunday harakatlari uçun muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etsagina jinoiy javobgarlikka tortilişi nazarda tutilmoqda.

Şaxsning qadr-qimmatini kamsituvçi, uni obrösizlantirişga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan OAV, telekommunikatsiya yoki internet tarmoqlariga joylaştiriş orqali tarqatiş BHMning 50 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi qayd qilinmoqda.

Şuningdek, zöravonlik yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi axborotni telekommunikatsiya va internet tarmoqlariga joylaştirganlik uçun birinçi marotaba ma'muriy, bir yil davomida takroran sodir etgani uçun jinoiy javobgarlik kiritilişi kutilmoqda.