Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Kodeksiga qöşimçalar kiritiladi. Bu haqdagi tegişli hujjat loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi qöşimçalar kiritiladi:
Quyidagi mazmundagi 197-5-modda bila töldiriladi:
197-5-modda. Jurnalistlik faoliyatiga aralaşiş va tösqinlik qiliş.
Jurnalistlik faoliyatiga aralaşiş va tösqinlik qiliş, jurnalistni axborotni tarqatiş yoki tarqatişni rad qilişga majburlaş, akkreditatsiya qilişni asossiz ravişda rad etiş yoki akkreditatsiyani noörin bekor qiliş, jurnalistning sörov bilan murojaat qiliş va zarur axborotni oliş huquqini buziş, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravaridan beş baravarigaça jarima solinişiga sabab böladi.

















