Bugun, 19 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasining muhokamasiga bağişlangan tadbir ötkazildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Qonun loyihasida OAV erkinligini buzganlik uçun javobgarlik belgilanişi közda tutilgan.
Unga köra, quyidagilar OAV erkinligini buziş deb malakalanişi mumkin:
- fuqarolar, davlat organlari va taşkilotlari mansabdor şaxslari, jamoat birlaşmalari tomonidan tahririyatlar, ommaviy axborot vositalari tarqatuvçilarining, şuningdek jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş,
- senzura,
- tahririyat faoliyatiga noqonuniy aralaşiş va uning ixtisoslaşuv erkinligining buzilişi,
- OAVning noqonuniy tugatilişi yoki töxtatib turilişi,
- tahririyatning ma'lumot söraş va oliş huquqi buzilişi,
- bosma naşrni çop etişning noqonuniy töxtatilişi, uning bir qismi yoki töliq adadining yöq qilinişi,
- qonuniy asosda faoliyat körsatayotgan OAV mahsulotining tarqatilişiga tösiq qöyiş, davriy bosma naşrlarning çakana savdosiga noqonuniy çeklovlar qöyiş,
- jurnalistni axborotni tarqatiş yoki uni tarqatişni rad etişga majbur qiliş.

Bundan oldin OAVga davlat mansabdorlari ustidan parlamentga murojaat qiliş huquqi berilişi, davlat amaldorlariga xususiy OAV ta'sis etiş taqiqlanişi mumkinligi xabar qilingan edi.













