“Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga bir qator yordam turlari körsatiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozyapti.
Qayd etilişiça, uşbu yordam turlari quyidagilardan iborat:
- moddiy ahvoli oğir yoşlarga bir martalik moddiy yordam (BHM 4 baravarigaça – 1,2 mln sömgaça) beriladi;
- yoşlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga öqitiş uçun sarflangan xarajatlar 75 foizigaça qismi (bir oygaça BHM 4, bir oydan ikki oygaça BHM 8, ikki oydan ortiq muddatli öquv kurslari uçun BHM 12 baravaridan köp bölmagan qismi) qoplab beriladi;
- tadbirkor yoki özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan yoşlarga faoliyatini amalga oşirayotgan noturar joy 12 oygaça ijara xarajatlari bir yilda 30 foizi, biroq BHM 25 baravarigaça (7,5 mln sömgaça) bölgan qismi qoplab beriladi;
- respublikadagi professional ta’lim taşkilotlarida öqiyotgan, Özbekistondagi barça oliy ta’lim taşkilotlarida bakalavriat kunduzgi, sirtqi va keçki şaklida, magistratura kunduzgi yönalişida ta’lim olayotgan öquvçi-talabalarga tölov-kontrakt asosida öqiş böyiça yillik xarajatlari bir qismi qoplab beriladi;
- yoşlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni öqitişga ixtisoslaşgan nodavlat ta’lim taşkiloti 3 oy muddatgaça noturar joy ijara xarajatlari uçun BHM 50 baravarigaça (15 mln sömgaça) miqdorda qoplab beriladi.












