Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molçilariga kömir mahsulotlarini yetkazib beriş mexanizmini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Budjet taşkilotlarini kömir mahsulotlari bilan budjet mablağlari hisobidan ta’minlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartibni nazarda tutadi:

  • budjet taşkilotlari kömir mahsulotlariga bölgan ehtiyojini şakllantiriş;
  • budjet taşkilotlariga kömir mahsulotlarini hududlardagi kömir omborlari orqali yetkazib beriş;
  • budjet taşkilotlari bilan özaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş;
  • ular omborlarida kömir mahsulotlarini saqlaş.

Respublika aholisini kömir mahsulotlari bilan ta’minlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U hududlardagi kömir omborlariga kömir mahsulotlarini yetkazib beriş, saqlaş va sotiş, aholi bilan kömir mahsulotlari uçun özaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş tartibini belgilaydi.

Respublika hududlari böyiça aholi va budjet taşkilotlariga kömir mahsulotlarini yetkazib beriş uçun mas’ullar röyxati belgilandi.

2023 yil 1 aprelga qadar kömir mahsulotlarini sotiş, budjet taşkilotlari va aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oşiriş töğrisida ma’lumotlar joylaştiriladigan interaktiv portali işga tuşiriladi.

  • 2022 yil 1 oktyabrdan boşlab örnatiladigan tartibga muvofiq:
  • idoralararo tarif komissiyasi tomonidan har yili kamida bir marta (1 iyunga qadar) hamda yoqilği-energetika resurslari narxlari qayta körib çiqilganda, kömir ulgurji va çakana narxlari qayta körib çiqilib tasdiqlanadi;
  • kömir briketi mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar kömir briketi uçun mahalliy kömir xomaşyosini birja savdolari orqali sotib oladi hamda işlab çiqarilgan kömir briketini bozor narxlarida iste’molçilarga yetkazib beradi.

“Özbekkömir”, Respublika tovar-xomaşyo birjasi, “Özbekiston temir yöllari”ga birja savdolarida inson omilini çeklaş uçun sotilgan kömirni ortib yuboriş bosqiçlarini töliq avtomatlaştirişni nazarda tutuvçi dasturiy ta’minotni işlab çiqiş topşirildi.