Adliya vazirligi Mikromoliya taşkiloti va bank faoliyatini özgartiriş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarni davlat röyxatidan ötkazdi. Yangi hujjat Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etişga qaratilgan qonun talablariga muvofiq işlab çiqilgan.

Nizomga köra, endi mikromoliya taşkilotini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi mikromoliya bankiga, bunday mikromoliya bankini esa islomiy bankka aylantiriş tartibi belgilandi. Şuningdek, islomiy mikromoliya bankini qayta mikromoliya taşkilotiga yoki islomiy bankni islomiy mikromoliya bankiga özgartiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, an’anaviy banklar ham öz faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi bank sifatida qayta taşkil etişi mumkin. Bunda islomiy bank maqomini oliş uçun qonunçilikda belgilangan talab va tartiblarga rioya qilinişi şart.

Şu bilan birga, nizomda faqat islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi mikromoliya bankigina islomiy bank maqomiga ötiş huquqiga ega ekani qayd etilgan.

Yangi tartibga köra, mikromoliya bankini davlat röyxatidan ötkaziş va tegişli litsenziyalarni oliş uçun uning binolarida nogironligi bölgan şaxslar uçun quriliş normalari va qoidalariga muvofiq qulay şart-şaroitlar yaratilgani haqida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasining xulosasi ham talab etiladi.