Adliya vazirligi Bank faoliyatiga ruxsat beriş tartibi va şartlari töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarni davlat röyxatidan ötkazdi.

"Banklar va bank faoliyati töğrisida"gi qonunga muvofiq islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oşiriladi.

Islomiy banklar ("islomiy darçalar")ni taşkil etişda quyidagilar majburiy hisoblanadi:

Islomiy moliya kengaşi a’zolarining Markaziy bank bilan kelişilganligi;

Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq bölgan islomiy bank faoliyatiga mas’ul bölgan rahbar xodimning mavjud bölişi;

islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosatining mavjudligi va boşqalar.

Bankning islomiy moliya kengaşida:

kamida 3 ta a’zo, şu jumladan rais va uning örinbosari islomşunoslik mutaxassisliklari yoxud uşbu fanlar öqitilgan mutaxassislik böyiça oliy ma’lumotga, qolgan a’zolar moliya-iqtisod, yuridik yoki islomşunoslik mutaxassisliklari böyiça oliy ma’lumotga ega bölişi lozim;

islomşunoslik mutaxassisliklari böyiça oliy ma’lumotga ega bölgan a’zolar (islom huquqi böyiça mutaxassis a’zo) islom huquqini qöllaş sohasida 5 yillik iş tajribasiga, moliya-iqtisod yoki yuridik mutaxassisliklar böyiça oliy ma’lumotga ega bölgan a’zolar (texnik ekspert a’zo) bank yoki moliya tizimida yoxud huquq sohasida 7 yillik iş tajribasiga ega bölişi kerak;

kamida bir nafar a’zo (2027 yil 1 iyuldan barça a’zolar) AAOIFI  taşkiloti tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bölişi zarur;

barça islom huquqi böyiça mutaxassis a’zolar arab tilini bilişi, şu jumladan arab tilidagi islom huquqi masalalariga oid birlamçi manbalarni tuşunişi va izohlay olişi lozim.

Islomiy bank faoliyatiga mas’ul bölgan rahbar xodim bank yoki moliya tizimida 7 yillik iş tajribasiga, moliya-iqtisod yoki islomiy moliya yönalişida oliy ma’lumotga hamda AAOIFI tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bölişi lozim.

Bundan taşqari, Markaziy bank bilan kelişib olingan bankning rahbar xodimlari öz majburiyatlarini bajarişga kirişganligi töğrisida 5 iş kuni içida Markaziy bankni yozma ravişda xabardor etiş talabi bekor qilinmoqda.