12:04 / 05.10.2022
4712

Saudiya O‘zbekistondan «halol» mahsulotlar importini yo‘lga qo‘yish niyatida

Foto: Dunyo

Jidda shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi tomonidan respublika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida Makka shahridagi Golden Star kompaniyasi bosh direktori Abdulmu’in Zurgi bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Suhbat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda respublikadagi eksport muhiti jozibadorligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Abdulmu’in Zurgi Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlarga xomashyolarni yetkazish maqsadida Osiyo mintaqasidagi jyelatinli kapsulalar bozorini o‘rganib chiqqanini ma’lum qildi.

Aholisi 90 foizidan ortig‘i musulmon bo‘lgan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar halolligiga ishonch hosil qilgan holda, Abdulmu’in Zurgi mamlakatdagi kompaniyalar bilan hamkorlikni o‘rnatish istagini bildirdi. 

U MMM Amin Bio kompaniyasi (Halal Gelatin Collagen Manufacturer) bilan hamkorlik o‘rnatish asnosida O‘zbekistondan jyelatin kapsulalarini import qilishga qiziqish bildirdi.

Top