«Muxlislarga ba’zi taqiqlar qöyilişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar haqiqatga zid. Tez orada FIFA va taşkilotçilar tomonidan batafsil yöriqnoma taqdim etiladi, unda taqiqlar haqidagi ma’lumotlarning aksariyat qismi bahsli ekanini köriş mumkin.
Qatar barçani jahon çempionati öyinlarini tomoşa qiliş uçun taklif etadi. Qatar xalqi har doim oçiq, bağrikeng va mehmondöst bölgan. Muxlislar jahon çempionati paytida buni öz tajribasida sinab körişlari mumkin», deyiladi taşkilotçilar bayonotida.
Avvalroq, Qatar hukumati jahon çempionatini tomoşa qiliş uçun mamlakatga keladigan muxlislarga ba’zi taqiqlar joriy qilgani, jumladan, spirtli içimliklarni iste’mol qiliş, homoseksual aloqalar, hayosiz kiyimlarni kiyiş, uyatsiz sözlar bilan sökiniş, ibodat etiladigan joylarga hurmatsizlik qiliş, baland ovozda gapiriş yoki musiqa eşitiş, işqiy uçraşuvlar, odamlarni beruxsat suratga oliş taqiqlangani haqida xabar tarqalgan edi.
Jahon çempionati öyinlari 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar 5 ta şaharda joylaşgan 8 ta stadionda ötkaziladi.












