Karmana tumanidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslaştirilgan 2-sonli umumta’lim maktabi Navoiy şahri va Karmana tumani markazini boğlovçi yöl yoqasida joylaşgan. Maktabda 1 800 nafardan ortiq öquvçi 2 smenada tahsil oladi. Şu tufayli ertalab, tuşlik payti va keçga yaqin maktab oldida köplab öquvçilar töplanişadi, yöldan ötib-qaytişadi.


Ğulom Hasanov 16 yildan buyon ana şu maktab oldida öquvçilarni yöldan ötkazib turadi. Bu savobli işi tufayli uni köpçilik – ota-onalar ham, taksi haydovçilari ham yaxşi tanib qolgan. Yöldan ötgan borki, u bilan söraşib ketadi.

Ğulom Hasanov işi uçun davlatdan maoş olmaydi, rasman maktab xodimi hisoblanmaydi. Farzandlarining xavfsizligini ta’minlaşga hissa qöşayotgan bu insonga ota-onalar har oyda pul yiğib, maoş töplab berişadi. Bir nafar öquvçi uçun oyiga ixtiyoriy ravişda 5 ming söm olinadi. 1800 nafar öquvçining barçasi ham yöldan ötmaydi. Oyiga örtaça 4-5 mln söm mablağ yiğiladi va bu pul Ğulom Hasanov hamda uning şerigiga beriladi.
Ğulom Hasanovning ma’lum qilişiça, u maktabdagi barça öquvçini ismi bilan taniydi, ota-onasini ham biladi:
“Bu işda işlay boşlaganimga 16 yil böldi. Şu paytgaça biror köngilsiz hodisa bölmagan. 1800 nafar öquvçi bölsa, barçasining ismini, qayerda yaşaşini bilaman, ota-onasini ham yaxşi taniyman. Beradigan pulidan ham köra, ota-onalarning duosi muhimroq men uçun. Ertalab soat 7:00da kelaman va 19:00da ketaman. Albatta, qiyinçiliklari ham bor. Masalan, svetofor öçib qolgan paytlari, qiş kunlari, sovuq va yoğinli kunlarda qiyin böladi. Issiq jonning isitmasi böladi deganlaridek, kasal bölib qolganimda ham şu yerga kelib ötirgan paytlarim bölgan. Çunki şerigimning bir özi xavfsizlikni ta’minlaşi qiyin. Bolalarni özimning farzandimday köraman: ota-onasiga qönğiroq qilib beraman, taksiga mindirib yuboraman, yöldan ötkazib qöyaman.
2007 yilda kelgandim bu yerga işga. Kelganimda 29 yoşli yigit edim. Hozir 45 yoşga kirdim. 16 yil davomida har kuni işga kelganman. Faqatgina öğlim avtohalokatga uçrab, operatsiya qilinayotganda yarim kun kelolmaganman”.

Ğulom Hasanovning işidan ota-onalar ham mamnun. Ular şu inson borligi uçun köngillari doim xotirjam ekanligini aytişadi.
“Nabiram 1-sinfga qatnaydi. Özim kelib olib ketaman maktabdan. Töğrisi, könglim töq, xavotirga örin yöq. Çunki keç qolgan kunlarim ham Ğulom aka şu yerda olib ötiradi nabiramni. Faqatgina yoş bolalarni emas, kattalarni ham yöldan ötkazib qöyadi. Men bunday insonni birinçi marta körişim – çin yurakdan, vijdonan işlaydi. Mehnatlarini qadrlaş kerak bunday insonlarning. Şunça transport ötyapti, benzin hidi, çang deganday, oson emas işlari. Borlariga şukur. Şu Ğulom aka bor, men tinç töğrisini aytsam”, — deydi fuqaro Şohista Törayeva.

Viloyatda yöl çetida joylaşgan maktablar köp. Ayniqsa, serqatnov yöllarda bolalarning maktabga ötib-qaytişi ança xavotirli. Öpkasini bosib ololmaydigan “uçar” haydovçilarning e’tiborsizligi yoki uquvsizligi oqibatida nogiron bölib qolgan öquvçilar ham yöq emas. Şu sababli Ğulom Hasanov svetoforni qattiq “qöriqlaydi”.
“Çin yurakdan xizmat qiladi xalqning bolasi uçun. Har bir bolaning qölidan tutib, yöldan ötkazib qöyadi. Şuning uçun ota-onalarning köngli töq, bexavotir işga borib kelişadi. Ğulom aka bir kun işga kelmasa, biz yölni nazorat qilolmay qolamiz. U kişi davlatdan heç qanday maoş olmaydi. Maktabimizda ota-onalardan iborat kuzatuv kengaşi faoliyat yuritadi. Şu kuzatuv kengaşimiz jamoatçilik asosida şaroiti bor ota-onalardan 5 ming sömdan mablağ yiğib, oylik maoş sifatida Ğulom aka va uning şerigiga topşiradi.
Maktabda 1800 nafardan ortiq bola öqiydi. Ularning ismini maktab direktori sifatida men bilmasligim mumkin, ammo Ğulom aka biladi. Sababi, ular bilan kunda muloqot qiladi”, — deydi maktab direktori Tursunoy Xalilova.

Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmatiga köra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda bolalar iştirokida 23 ta YTH sodir bölgan. Oqibatda 4 nafar bola vafot etgan, 19 nafari jarohat olgan.
Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Boymirza Xalilov











