Karmana tumanida marhumlarning yaqinlarini aldab, ulardan pul undirmoqçi bölgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Marhumlarga tuhmat

Sud hukmiga köra, 24 yoşli A.S. janoza xabarlari berib boriladigan Telegram guruhdan marhumlar haqida maʼlumot olib, ularning yaqinlaridan pul undirişni reja qilgan. U 22-aprel kuni Karmana tumanining Kalovot mahallasida yaşagan B.O. vafot etgani haqidagi janoza xabarini öqigan. Söngra marhumning ukasi J.N.ning telefon raqamini izlab topgan.

Şundan söng A.S. marhumning ukasiga qönğiroq qilgan. Özaro suhbatda u marhum tiriklik paytida qarzga 100 dollar olganini aytib, uşbu mablağni bank kartasiga ötkazib berişni söragan. Ammo J.N. söralgan pulni ötkazib bermagan.

Şuningdek, A.S. tumanning Mir Said Bahrom mahallasida yaşagan J.H. vafot etgani haqidagi janoza xabarini öqib, marhum tirikligida işlatgan telefon raqamni izlab topgan. Söngra uşbu raqamga qönğiroq qilgan. Qönğiroqqa marhumning onasi javob bergan. A.S. unga ham öğli tiriklik paytida 100 dollar qarz olganini aytgan. Uning gapiga işongan ona 1,2 mln sömni bank kartaga ötkazib bergan. A.S. bu mablağni öz şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.

“Pul zarur edi”

A.S. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va pul zarurligi sabab bu işga qöl urganini aytgan.

“B.O.ning vafot etgani töğrisidagi xabarni eşitdim. Uning yaqin qarindoşlarini izlab topib, göyoki marhumning qarzi borligini aytgan holda ulardan pul oliş fikri tuğildi. Marhumning ukasining telefon raqamini topdim. Unga marhumning tanişi ekanimni, savdo bilan şuğullanişimni, marhumning 100 dollar qarzi borligini aytdim. Uşbu mablağ zarur bölib qolganini bildirib, berişni söradim.

Marhumning ukasi qaysi dökonda savdo qilişimni söradi va özim bilan körişib, keyin pulni berişini aytdi. Şu vaqtda uning bu savollariga nima deb javob berişni bilmasdan, telefonni öçirib qöydim”, degan u öz körsatmasida.

Şuningdek, sudlanuvçi ikkinçi holatda marhumning onasidan şu şaklda pul sörab, 1,2 mln söm undirganini va uşbu mablağni ehtiyojiga işlatib yuborganini maʼlum qilgan.

A.S. qilmişiga puşaymonlik bildirib, suddan yengillik söragan.

Jazo