Özbekiston elçisi Uluğbek Maqsudov Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi Siyosiy işlarni rejalaştiriş boş boşqarmasi boşliği örinbosari va vazirlik afğon masalalari böyiça maxsus guruh raisi Abdulloh bin Xolid bin Saud al-Kabir Ol Saud bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Tomonlar örtasida Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasida afğon inqirozini hal etişda özaro hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va jadallaştiriş, Afğonistonda amalga oşirilayotgan loyihalarga Saudiya tomoni mablağlarini jalb etiş masalalari muhokama qilindi.

Şahzoda Abdulloh bin Xolid Ol Saud joriy yil 25-26 iyul kunlari Toşkentda Afğoniston böyiça taşkil etilgan xalqaro konferensiyada özi boşçiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi iştiroki xususida töxtalar ekan, tadbir yuqori saviyada ötganini ta’kidladi. Uning aytişiça, konferensiya Afğonistonda barqarorlik, xavfsizlik, uruşdan keyingi tiklanişga kömaklaşiş, köp millatli afğon xalqi va butun dunyo manfaatlari yölida uşbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalaşuvini ta’minlaş kabi masalalarni yeçişda muhim maydonga aylandi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston iştirokida Afğonistonda amalga oşirilayotgan loyihalarda Saudiya tomoni iştirokini ta’minlaş böyiça muzokaralarni davom ettiriş va bu yönalişdagi munosabatlar istiqbollarini muhokama qiliş maqsadida Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakilining Saudiya Arabistoniga taşrifini taşkil etiş yuzasidan kelişuvga erişildi.