Xitoylik investorlar Farğonada 14 qavatdan kam bölmagan 200 örinli, beş yulduzli mehmonxona hamda zamonaviy savdo markazi quriş taklifini bildirdi.
Uşbu taklif viloyat hokimi Xayrulla Bozorov va Xitoyning Shuncheng Investment Group kompaniyasi rahbari Xung Çi Yim boşçiligidagi bir guruh xitoylik sarmoyadorlar iştirokida bölib ötgan uçraşuv çoğida muhokama qilindi.
Viloyat rahbari Farğona sayyohlar oqimi böyiça respublikada ikkinçi örinda ekanini ta’kidlab, mehmonlarga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Farğona şahridagi Saylgoh va Al-Farğoniy köçalari tutaşgan hududda, avvalgi Amfiteatr örnida öz brendiga ega beş yulduzli mehmonxona quriş loyihasi amalga oşirilayotgani haqida töxtalib ötdi.
Xitoylik investor Xung Çi Yim şahar markazida va har tomonlama qulay manzilda joylaşgan mazkur loyihaga qiziqiş bildirdi. Bu yerda loyiha qiymati 10 million dollar bölgan 14 qavatdan kam bölmagan 200 örinli, beş yulduzli mehmonxona hamda zamonaviy savdo markazi qurişga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Belgilangan tartibda konsepsiya işlab çiqilib, jarayonlarni tezroq amalga oşiriş kerakligini qayd etgan viloyat hokimi, investorlarni Farğonada 300 gektar hududda barpo etilayotgan yangi ekoşahar loyihasida ham iştirok etişga taklif qildi.












