Germaniya va Polşada kamida ikkita yirik missiyalarni tayyorlaş markazlarini yaratiş rejalaştirilgan. Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextning Bryusselda ma’lum qilişiça, «Germaniya bu işga muhim hissa qöşadi».
Diplomatik manbalardan ma’lum bölişiça, missiyaning dastlabki qadamlaridan biri 15 ming ukrainalik askarni tayyorlaş böladi. Hozirda Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainaga ikki tomonlama asosda yordam bermoqda. Xususan, Bundesver Ukraina harbiylarini havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari va artilleriya qurilmalaridan foydalanişga örgatyapti.
Avgust oyida YeI darajasida missiya yaratişni Yevropa ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili Jozep Borrel taklif qilgan edi. U Yevropa tinçlik fondi (EFF) hisobidan moliyalaştiriladi.
Yaqin kelajakda Ukraina oldindan rejalaştirilganidan taşqari qöşimça MARS II yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari (YaÖRT) va Panzerhaubitze 2000 öziyurar artilleriya moslamalarini oladi.
Germaniya Mudofaa vazirligining Twitter'da xabar berişiça, «yaqin bir neça hafta içida yanada köproq PzH 2000 va MARS II Ukrainaga topşiriladi».
«Ğayrioddiy vaqtdagi «Ramşteyn formati»da uçraşuv: Rossiyaning raketa zarbalari va qisman safarbarlik, psevdoreferendumlar, Ukrainaning qarşi hujumi. Biz hozirgi yordamimizni muvofiqlaştirmoqdamiz», — deyiladi xabarda.













