2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekiston importida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinçi örinni egalladi. Uşbu davlatdan 4,7 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, keyingi örinlardan 4,4 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,2 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozoğiston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Koreya – 1,8 mlrd;
  • Turkiya – 1,3 mlrd;
  • Germaniya – 714 mln;
  • Hindiston – 475 mln;
  • Turkmaniston – 415 mln;
  • Braziliya – 401,4 mln;
  • Litva – 301,5 mln AQŞ dollari.