IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazining xabar berişiça, Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida yaşovçi fuqaro S.F. IIBga ariza bilan murojaat qilib aldov yöli bilan “foizsiz onlayn kredit” niqobi ostida plastik kartasidagi pullarni yeçib olgan şaxsga çora körişni söragan.
U arizasida, Telegram messenjeri orqali taklif qilingan “Agrobank foizsiz kreditlar“ sarlavhali guruhga kirib, undagi e’lon böyiça onlayn kredit olmoqçi bölib, bank karta ma’lumotlarini havolaga kiritgani, şundan söng uning kartasidagi jami 2,3 million söm pullari noma’lum şaxs tomonidan yeçib olinganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida yaşovçi universitet talabasi, 2002 yilda tuğilgan M.M. sodir etgani aniqlangan. Dastlabki suriştiruv davomida uning boşqa jinoiy qilmişlari ham foş etilgan.
Qayd etilişiça, M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Koson tumanida boğça tarbiyaçisi öz hamkasblarining bank kartasidagi pullarni öğirlagandi.












