Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Urush o‘ynayotgan bolalar va tok tejayotgan Kiyev. Ukrainadan suratlar
19 oktyabr kuni Vladimir Putin Ukrainaning annexia qilingan hududlarida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Rossiyaning chegara regionlarida esa alohida rejim joriy etiladi va unga ko‘ra mahalliy rasmiylar komendantlik soati e’lon qilish, hududga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatish, shuningdek aholini evakuatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi. Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati vakillari Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum boshlaganini ma’lum qilishdi: oblastning rossiyaparast rasmiylari Dneprning chap sohiliga ko‘chib o‘tmoqda, mahalliy aholi ham ketishga chaqirilmoqda. Ukraina katta yurish haqidagi xabarlarni izohlamadi. Ukraina xalqi va prezident Volodimir Zelenskiy Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uchun» mukofotiga loyiq ko‘rildi — bu Yevroittifoqning inson huquqlari sohasidagi bosh mukofotidir.
Quyida 19 oktyabr, urushning 238-kunida Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.
Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarida harbiy holat e’lon qildi
Putin Ukrainaning RF tarkibiga qo‘shib olingan to‘rt hududi — Zaporijjya, Xerson, «DXR» va «LXR»da harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Farmonga ko‘ra, annexia qilingan regionlarda «hududiy mudofaa qismlari» tashkil etiladi, RFning yana sakkiz regionida «javob qaytarishning o‘rta darajasi» joriy etiladi, Markaziy va Janubiy federal okruglarda — «yuqori darajadagi tayyorgarlik darajasi», RFning qolgan sub’yektlarida — «bazaviy tayyorgarlik darajasi» amal qiladi.
Sergey Ilin / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida Ukraina artilleriyasi
Ukrain harbiylari Donetsk oblastidagi pozitsiyada RF hujumiga javoban polshaliklarning Krab rusumli 155-millimetr kalibrli gusenitsali o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochmoqda. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati baholariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Donetsk yo‘nalishida faol ravishda o‘t ochishni davom ettirmoqda. Marinskaya va Avdeyevka zarba ostida. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Dimitar DILKOFF / AFPUkrain harbiylari polshaliklarning Krab rusumli artilleriya qurilmasi ichida.
Dimitar DILKOFF / AFPDonetsk oblastidagi front chizig‘ida dam olish vaqtidagi ukrain harbiysi
Dimitar DILKOFF / AFPPolsha tomonidan Ukraina qurolli kuchlari ixtiyoriga berilgan Krab rusumli o‘ziyurar artilleriya qurilmasi
Dimitar DILKOFF / AFPDonetsk oblastidagi front chizig‘idagi o‘rmon ichida polshaliklarning Krab rusumli artilleriya qurilmasi.
Dimitar DILKOFF / AFP
Ukrainaning ozod etilgan hududlaridagi bolalar
Ukraina bayrog‘i ilingan daraxtda o‘ynayotgan bolalar, Xarkiv oblastining Dubovoye qishlog‘i
Carl Court / Getty Images«Ukraina qurolli kuchlari uchun kofe, chay» yozuvlari tushirilgan tablichka ko‘targan bolakay, Dubovoye qishlog‘i yaqinidagi yo‘l bo‘yida
Carl Court / Getty ImagesDubovoye qishlog‘ida tayoqni granatomyot sifatida yelkasiga qo‘yib olgan bola do‘sti bilan kassetali o‘q-dori qoldig‘i atrofida o‘ynamoqda
Carl Court / Getty ImagesDonetsk oblasti Shestakovka qishlog‘ida sovetlarning Su-15 qiruvchisi nusxasi oldidagi turnikka osilayotgan bolalar
Carl Court / Getty Images
Urushning sakkiz oyida Kiyev qanday o‘zgardi?
Dneprga qarab turgan yoshlar
Ed Ram / Getty Images17 oktyabr kuni rossiyaliklar droni kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan uy. O‘sha kuni jami to‘rt kishi, jumladan bir nafar homilador ayol ham halok bo‘ldi
Ed Ram / Getty Images10 oktyabr kuni Ukraina hududi yoppasiga o‘qqa tutilishi oqibatida Taras Shevchenko parki yaqinidagi bino ham shikastlangan. O‘sha kuni rossiyalik harbiylar Kiyev va Ukrainaning boshqa ko‘plab shaharlariga hujum qilishdi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 20 kishi halok bo‘lgani va 100 nafarga yaqin kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Kiyevda besh kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi tan jarohatlari olgan.
Ed Ram / Getty ImagesMariupol mudofaasida halok bo‘lgan «Azov» polki jangchilari xotirasiga Sofiya maydonida tashkil etilgan ko‘rgazma.
Ed Ram / Getty ImagesRossiyaliklarning 10 oktyabr kungi zarbalaridan shikastlangan 101 Tower biznes-markazi ko‘rinishi.
Ed Ram / Getty ImagesKiyevdagi maydonlardan birida ko‘cha musiqachilari. 19 oktyabrdan Kiyevda elektr energiyasini tejash boshlandi. 20 oktyabr kuni butun Ukraina bo‘ylab elektr energiyasi uzatishda vaqtincha cheklovlar kuzatilmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA