«Oğir tong». Ukraina böylab havo zarbalari va trevogalar qaytdi. Asosiy ma’lumotlar
|23:57 / 10.10.2022100 1309 min
Rossiya bahordan buyon ilk bor Ukrainaning yirik şaharlari, jumladan, Kiyev, Xarkiv va Dnepr böylab bir vaqtning özida zarbalar yölladi. Hujumlar nişoni energetika obektlari va boşqa fuqarolik infratuzilmalari edi, zarbalar oqibatida tinç aholi vakillari qurbon bölgan. Rossiya prezidenti töğridan töğri Qrim köprigini tilga olmagan holda şu kabi diversiya harakatlariga javoban yangi zarbalar bölişi bilan tahdid qildi.
Duşanba tongida Ukrainaning butun hududi böylab şaharlar yoppasiga raketa zarbalariga uçradi. Köp oylardan buyon ilk bor Kiyev markazi zarba ostida qoldi. Şuningdek, Lviv, Ternopil, Ivano-Frankivsk, Jitomir, Dnepr, Xarkiv, Konotop, Odessa, Kremençuk va boşqa şaharlarda kuçli portlaş ovozlari eşitildi.
Hujumlar ertalabki tiğiz vaqtda amalga oşirildi. Natijada tinç aholi vakillari orasida önlab qurbonlar va yaradorlar bor. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy butun mamlakat böylab energetika infratuzilma obektlari va tinç aholi öqqa tutilganini aytdi.
Kuzatuvçilarning aksari, bu zarbalar - Qrim köprigidagi portlaşlar uçun öç olişga qaratilganini aytmoqda. Buni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sözlari ham rad etmaydi. «Bugun tongda mudofaa vazirligi taklifi va Rossiya boş ştabi rejasi böyiça yuqori aniqlikda va uzoq masofaga harakatlanuvçi qurollar bilan Ukrainaning energetika, harbiy boşqaruv va aloqa obektlariga yoppasiga zarbalar berildi», dedi Putin Rossiya Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari yiğilişida.
«Agar bizning hududimizda terrorçilik harakatlari amalga oşirilişi davom ettirilsa, Rossiyaning javoblari keskin va miqyos jihatdan Rossiya Federatsiyasi darajasiga mos böladi», deya tahdid qildi u.
Kiyevga zarbalar
Kiyevda şaharning markaziy rayonlari - Şevçenkovskiy va Solomenskiydagi obektlarga hujum qilingan. Raketalardan biri Vladimirskaya köçasidagi Gruşevskiy haykali yonida, yana biri - yaqinda Vladimirskiy nişabligida qurilgan piyodalar köprigi yonida portlagan.
Sönggi ma’lumotlarga köra, Kiyevda sakkiz kişi halok bölib, 24 kişi yaralangan. Içki işlar vaziri maslahatçisi Rostislav Smirnovning aytişiça, hujum natijasida Kiyevda 15 dan ortiq avtomobil şikastlangan, ularning ayrimlari butunlay yonib ketgan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko ayrim zarbalar muhim infratuzilma obektlariga kelib tuşganini aytdi. Videokadrlarda raketalardan kamida bittasi bolalar boğçasi atrofiga - Şevçenko parkiga kelib tuşganini köriş mumkin. Rasmiylar Şevçenko milliy universiteti, Xanenko muzeyi va Şevçenko nomidagi muzey ham şikastlanganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
Kiyev metrosidagi barça liniyalarda poyezdlar harakati vaqtinça töxtatildi, stansiyalar bombapanagoh rejimida işlay boşladi. Xarkiv şahrida ham metro faoliyati töxtagan - rasmiylarga köra, şahar butunlay elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Butun Ukraina böylab zarbalar
Şu vaqtda Ukrainaning boşqa yirik şaharlarida ham portlaşlar sodir böldi.
Zelenskiyning ma’lum qilişiça, Rossiya Kiyev, Xmelnitskiy, Lviv, Dnepropetrovsk, Vinnitsa, Ivano-Frankivsk, Zaporijjya, Sumi, Xarkiv, Jitomir, Kirovograd va boşqa oblastlarga hujum qilingan.
Ularning ikki nişoni bor. Energiya obektlari — butun mamlakat böylab. Kiyevşina va Xmelnitsina, Lviv va Dnepr, Vinnitsa, Frankovşina, Zaporijjya, Sumşina, Xarkivşina, Jitormirşina, Kirovogradşina, Janub. Ular sarosima va tartibsizlikka intilmoqda, bizning energiya tizimimizni yöq qilmoqçi. Ular umidsizlikka tuşgan.
Ikkinçi nişon — odamlar. Köproq zarar yetkaziş uçun ataylab şu vaqt va şu nişonlar tanlangan. Bugun boşpanalarda bölib turing. Doim xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Hamişa yodda tutingki, Ukraina bu duşman paydo bölmasidan oldin ham mavjud bölgan, undan keyin ham böladi», dedi prezident.
Ukraina boş vaziri Denis Şmigal butun mamlakat böylab va poytaxt Kiyevda öndan ortiq muhim infratuzilma obektlari şikastlangani haqida ma’lum qilgan.
Ukraina harbiylari butun mamlakat böylab 83 ta raketa uçirilganini qayd etgan. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy Ukrainaga uçirilgan raketalarning 41 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urilib tuşirilganini aytgan.
Dnepropetrovsk oblasti ma’muriyati rahbari Valentin Rezniçenko ham oblast hududi va markazi Dnepr şahri raketa zarbalariga uçraganini ma’lum qildi.
Lviv oblastida energetika infratuzilmasi obektlariga zarbalar qayd etilgan. Bu ma’lumotni oblast ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy tasdiqladi. BBC muxbirlari Lviv şahrida portlaşlar va elektr ta’minotidagi muammolar töğrisida xabar berişgan.
Jitomir oblastidagi energetika infratuzilmalariga ham zarbalar kelib tuşgan.
Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Xarkiv şahrida portlaşlar bölgani, şundan keyin tok öçib qolgani va metro töxtaganini ma’lum qilgan, Poltava oblastining Kremençuk rayoni va Kirovograd oblastining Kropivnitskiy rayoniga zarbalar berilgan. Xmelnitskiy va Terpopil oblastlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşgan.
«Ukrenergo» infratuzilmalar şikastlangani tufayli butun mamlakat böylab elektr öçiş holatlari kuzatilişidan ogohlantirgan.
Dunyo va Rossiyada qanday reaksiyalar böldi?
«Rossiyaning Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlarida tinç aholiga qarşi uyuştirgan hujumlaridan qattiq larzaga tuşdim. XXI asrda bunday harakatlarga örin yöq. Men bu hujumlarni eng qat’iy şaklda qoralayman», dedi Yevroittifoqning taşqi siyosat masalalari böyiça oliy vakili Jozep Borrel. «Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaymiz. Yevropa ittifoqining qöşimça harbiy yordami yölga çiqadi», deya ogohlantirdi u.
«Rossiyaning Kiyev va Ukraina böylab boşqa şaharlarga qilgan dahşatli hujumlari Kremlning umidsizligini körsatmoqda. Bunday tinç aholiga qarşi tartibsiz hujumlar harbiy jinoyatdir», deyiladi Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişelning bayonotida.
«Rossiyaning butun Ukraina böylab behisob raketa zarbalari. Putinning yagona taktikasi - tinç ukrain şaharlariga qarşi terror, ammo u Ukrainani sindira olmaydi. Bu şuningdek u bilan tinçlik haqida gaplaşişni istayotgan barçaga javob ham. Putin - faqat raketalar bilan gaplaşuvçi terrorçi», deya yozadi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Kuleba bilan muloqotdan keyin tvitter sahifasida Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmalariga qilgan «dahşatli va tartibsiz hujumlari»ni keskin qoraladi. «NATO mardonavor ukrain xalqini Kremlning tajovuziga qarşi qança kerak bölsa şunça qöllab-quvvatlaşda davom etadi», deya yozgan u.
Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Şols bilan G7 mamlakatlarining şoşilinç yiğilişini çaqiriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qildi. Uçraşuvda uning nutq sözlaşi rejalaştirilgan. «Biz Rossiyaga nisbatan bosimni kuçaytiriş va Ukrainadagi zararlangan infratuzilmalarni tiklaşga yordam masalasini ham muhokama qildik», degan Ukraina prezidenti.
Rossiyalik harbiylar Qora dengizdagi harbiy kemalardan uçirgan uçta qanotli raketa Moldova hududi orqali ötgan. «Milliy havo kengligimiz buzilişiga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi», deyilgan Moldova taşqi işlar vazirligining telegram-kanalida.
Rossiya tomonidan raketa zarbalarini birinçilardan bölib Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov olqişlab çiqdi, u sönggi vaqtlarda Rossiya harbiy qömondonligini sustkaşligi uçun keskin tanqid qilib kelayotgandi. U Putinning «Rossiya hali rostakamiga boşlamadi ham» degan iborasini eslatib, Qodirov şunday degan: «Mana endi men maxsus harbiy amaliyotning borişidan yuz foizga qoniqiş hosil qilmoqdaman»
2014 yilda annexia qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov ham Ukraina böylab yoppasiga raketa zarbalari yöllanişini olqişladi: «Maxsus harbiy amaliyotning birinçi kunidan boşlab har kuni duşmanning infratuzilmalarini yöq qiliş böyiça şunday harakatlar olib borilganida, biz may oyidayoq barçasini yakunlagan va Kiyev rejimi tor-mor qilingan bölardi. Umid qilamanki, endi biz amaliyot sur’atini pasaytirmaymiz».
Putin ortidan Rossiya mudofaa vazirligi ham bayonot berib, mamlakat qurolli kuçlari Ukrainadagi harbiy qömondonlik, aloqa va energetika obektlari böylab uzoq masofaga harakatlanuvçi yuqori aniqlikdagi qurollar bilan yoppasiga zarbalar yöllangani, «zarbalar nişonlarga yetib borgani», «belgilangan barça obektlar zarbaga uçragani»ni ma’lum qildi.
«Birinçi epizod öynaldi. Boşqalari ham böladi», deya yozdi Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev. RT telekanali muharriri va propagandaçi Margarita Simonyan esa Ukrainaga qilingan hujumlardan xursandligi haqida tvitterida yozdi. «Qrim köprigi avvalboşdan öşa qizil çiziq edi. Bu ayon edi. Mana endi javob böldi», degan u.