Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Xavfsizlik kengaşining yalpi majlisini ötkazdi. Yiğilişda Putin Rossiya egallab olgan Zaporijjya, Xerson, «DXR» va «LXR»da harbiy holat joriy etilişini ma’lum qildi.

Putin bu hududlarda harbiy holat Rossiya qonunçiligi asosida joriy etilişini aytdi. Çunki bu hududlar Ukraina nazoratida bölganida ham harbiy holat e’lon qilingan va unda jarayon Ukraina qonunlari asosida amalga oşirilgan. Şuningdek, «maxsus harbiy amaliyot» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi) davomida yuzaga keladigan ehtiyojlarni qondiriş böyiça körsatmalar röyxati ham tasdiqlandi.

Putin harbiy holat qança muddatga joriy qilinganiga aniqlik kiritmadi. Rossiya Zaporijjya, Xerson, «DXR» va «LXR»ni 30 sentabr kuni öz safiga qöşib olganini e’lon qilgan, ammo köp ötmay uşbu hududlardagi bir neça şaharlarni boy bergandi. Oxirgi vaqtlarda Ukraina armiyasi yana qarşi hujumlarni kuçaytirgani aytilmoqda.

«Javob berişning örtaça darajasi» va «yuqori tayyorgarlik darajasi»

Yiğilişda Rossiya hududlarida mintaqaviy mudofaa ştablari taşkil qilinişi aytildi. Rossiyadagi hudud rahbarlari esa qöşimça vakolatlarga ega böladi. Hudud rahbarlarining vakolatlarini oşiriş borasida qarori haqida gapirar ekan, Putin buni «jamoat tartibini saqlaş va hayotiy zarur obektlarni muhofaza qiliş uçun zarurligi» bilan izohladi.

Putinning yana bir farmoni bilan Krasnodar ölkasi, Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Rostov va 2014 yilda bosib olingan Qrimda «javob berişning örtaça darajasi» e’lon qilindi. Bu hududlar Ukraina bilan çegarada joylaşgan. Bu tartib hududlarga iqtisodiy sohada safarbarlik amalga oşiriş va mintaqaviy mudofaa ştablarini taşkil qiliş imkonini beradi.

Rossiya janubiy va markaziy qismlarida «yuqori darajadagi tayyorgarlik» rejimi e’lon qilindi. Bu rejimda ham mintaqaviy mudofaa ştablari taşkil etiş imkonini beradi. Şuningdek, bu rejimda transport, aloqa va energiya obektlarida alohida tartib amalda böladi. Bunday hududlarda davlat taşkilotlari, harbiy obektlar va maxsus binolar jiddiyroq qöriqlanadi.

«Hududiy mudofaa» ştablari taşkil qilişni Sobyanin boşqaradi