Oktyabr oyi boşida Rossiyaning Ukrainadagi birlaşgan qöşinlari qömondonligiga tayinlangan armiya generali Sergey Surovikinning Xerson böyiça «nooddiy qarorlar» qabul qilinişi istisno etilmasligi borasidagi bayonotini ayrimlar Xersondan va Dnepr daryosining öng sohilidan butkul çekinişga tayyorlaniş sifatida baholayotgan bölsa, boşqalar öng sohilda egallangan hududlarda oxirigaça himoyalaniş böyiça qat’iyat körsatilişi deb talqin qilmoqda.
Seşanba kuni keçqurun Surovikin Rossiya qöşinlarining Xersondagi harakatlari harbiy-taktik vaziyatga boğliq bölişi va «bugungi kunda u yerda vaziyat ança qiyinlaşgani» haqida gapirdi. Uning çiqişi «Rossiya 24» telekanali orqali efirga uzatildi. Bu uşbu generalning 8 oktyabr kuni Rossiya qöşinlarining Ukrainadagi guruhi qömondoni etib tayinlanganidan buyon bergan ilk bayonoti böldi.
Surovikin Xerson aholisi uçun juda qiyin vaziyat yuzaga kelgani - Antonov köprigi va Kaxova GES töğoni HIMARS reaktiv snaryadlari tomonidan şikastlangani, ular böylab harakatlaniş töxtatilgani, oziq-ovqat yetkazib beriş murakkablaşgani, içimlik suvi va elektr ta’minoti bilan boğliq muammolar mavjudligini aytib ötgan.
«Har qanday holatda ham biz tinç aholi va harbiy xizmatçilarimiz hayotini maksimal darajada saqlab qoliş zaruratidan kelib çiqamiz. Biz ongli ravişda, öz vaqtida, oddiy bölmagan qarorlar qabul qilinişini istisno etmagan holda harakat qilamiz», degan general.
Taxminan şu vaqtda Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari Vladimir Saldo Dnepr daryosining öng sohilidagi tört rayon aholisi evakuatsiyasi haqida e’lon qildi. Uning sözlariga köra, bu qaror Ukraina qurolli kuçlarining keng kölamli hujumi kutilayotgani, Kaxova GES töğoni vayron bölişi hamda oblastning ulkan hududlarini suv bosiş xavfi yuzaga kelgani bilan boğliq.
Saldo çorşanba kuni Xerson oblastining 60 ming aholisi Dnepr daryosining çap sohiliga köçirilişi rejalaştirilayotgani, bunga olti kun vaqt ketişini aytdi.
Oktyabr oyi boşida Ukraina harbiy bölinmalari Dneprning öng sohilida rossiyaliklar mudofaasini yorib ötib, Berislav va Kaxova GES yönalişlarida ilgarilay boşladi. Natijada Xersondagi Rossiya qöşinlari qurşovga tuşiş xavfi reallaşdi.
Xerson - ikki tomon uçun ham muammo
Rossiya armiyasi Ukrainaga bosqinning ilk kunlaridayoq ortiqça qarşiliksiz egallagan Xerson hududida Rossiyaning ulkan guruhi joylaştirilgan - oçiq manbalarga köra, 15-20 ming harbiy xizmatçidan iborat qöşin.

Ayni vaqtda Rossiyaning öng sohildagi mudofaa çiziği ulkan yoy şaklini olgan - Qora dengizdagi Dnepr körfazining Xersondan ğarbdagi qismidan şimolda Dnepr daryosi böyidagi Milovoye qişloğigaça.
Yassi tekisliklar va deyarli daraxsiz maydonlarda mudofaalaniş ham, hujumga ötiş ham qiyin, ammo agar hujumdagi xato faqat yöqotişlarga olib kelsa, himoyalanişdagi xato falokat deganidir.
Rossiya Xersonni yöqotişni istamaydi - bu uruş boşidan buyon egallaşga muvaffaq bölingan yagona oblast markazidir. Ammo agar Ukraina qurolli kuçlari Berislavga yorib kirsa va Xerson guruhini bloklab qöysa, katta ehtimol bilan, bu guruh taqdiri ayançli böladi - guruh ta’minotsiz uzoq bardoş bera olmaydi. General Surovikin esa hozirning özidayoq ta’minot oson keçmayotganini tan olmoqda.
Boşqa tomondan, Ukraina armiyasi ham Xersonni qamal qiliş va uni şturm bilan egallaş uçun kuyib pişmayapti - bunday yirik şaharda köça janglari juda köp qon tökilişiga olib keladi.
«Ozodlik radiosi» xabar berişiça, Rossiya qöşini Xerson oblastida Ingulets daryosi (Dnepr irmoği) orqali ikkita ponton keçuv örnatgan. 11 oktyabr kuni Planet Labs sun’iy yöldoşi orqali olingan suratlarga köra, ulardan biri Darevskiy köprigi yonida, ikkinçisi esa Ukraina armiyasi avvalroq yakson qilgan eski keçuv joyidan 100 metr masofada joylaşgan.

Qançalik ğalati körinmasin, Ukraina qurolli kuçlari bu vaqtinçalik keçuv yöllarini bombardimon qilmayapti, holbuki Ingulets orqali ötgan statsionar (muqim) köprikni avgust oyidayoq osonlik bilan safdan çiqarişgandi. Bu orqali ular signal berayotgan bölişi ham mumkin: xohlasangiz keting, biz qarşi emasmiz.
Javobgarlikka tortiş istagi
Rossiya armiyasi Ukrainada ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uçramoqda. Xarkiv atrofida va Limandagi qaqşatqiç mağlubiyatlar ortidan janubiy frontda ham muvaffaqiyatsizlikka uçralişi tufayli Ukraina bilan uruş tarafdorlari safida tuşkun kayfiyat hukm surmoqda.
Uruşning birinçi bosqiçida yakson etilgan kolonnalar, Kiyev, Çernihiv va Sumi oblastlaridan çekiniş, Qora dengiz floti flagmani bölgan «Moskva» kreyseri va boşqa harbiy kemalar çöktirilişi, Ilonli orol (Zmeiyniy) taşlab çiqilişi - bularning heç biri unutilmagan. Endi esa - Qrim köprigi portlatildi, Ukraina qurolli kuçlari frontning turli uçastkalarida hujum qilmoqda va oldinga siljimoqda, hatto Rossiya hududidagi infratuzilma obektlari ham öqqa tutilmoqda.

Rossiyada e’lon qilingan safarbarlik uruş partiyasi tarafdorlarida ma’lum umidlar uyğotgan bölsa-da, hukumat reytingini kötarmadi - frontda hamon yutuqlar yöq, odamlar halok bölişi davom etmoqda, norozilik kuçayib bormoqda. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti (ISW)tahlilçilarining sönggi hisobotida «qisman safarbarlik»ning notekis tabiati Rossiya jamiyatida bölinişga olib kelişi mumkinligi ta’kidlanadi.
Vaziyat şu darajaga borib yetdiki, öz ixtiyoridagi qöşinlarga ega bölgan odamlar - Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin oçiqçasiga rossiyalik harbiy boşliqlar layoqatiga şubha bildira boşladi. Ularning ortidan kremlparast bölgan blogerlar, harbiy korrespondentlar va federal telekanallardagi propagandaçilar ham harbiy rahbariyatni tanqid qilişga kirişdi.
8 oktyabr kuni Ukrainadagi birlaşgan qöşinlar guruhi qömondoni etib tayinlangan armiya generali Surovikin esa hukumat bosqin boşidan buyon teleefirda namoyiş etişga qaror qilgan ilk harbiy boşliq böldi. Nega?
«Vatanparvar» blogerlar nima demoqda?
Surovikin teleekranda juda yaxşi kayfiyatda körinmadi - u kameradan boşqa tomonga qarab turib gapirdi, katta ehtimol bilan oldindan tayyorlangan matnni heç qanday qöşimça qilmasdan öqib berdi (buni uning köz harakatidangina emas, öqiş ohangidan ham payqaş qiyin emasdi).
Ammo bu muhim emas - axir u matbuot kotibi emas, balki jangovar general. Muhimi u aytgan sözlardir.
Volodymyr Saldo, collaborationist mayor of Kherson, says righthand bank of Dnieper is being evacuated in anticipation of a “large-scale offensive” by Ukrainian forces supposedly to include attacks on upstream dams. These civilians will be given safe passage “deeper into Russia.” pic.twitter.com/uaueW5l2IX
— Kevin Rothrock (@KevinRothrock) October 18, 2022
Uning bayonotining qisqaça mazmuni şunday:
Umuman olganda, maxsus amaliyot hududidagi vaziyat keskin. Bizning duşman — jinoiy rejim, biz ukrainlar bilan bir xalqmiz va bitta narsani istaymiz: Ukraina Ğarbdan ozod, Rossiya bilan döstona davlat bölsin. Ukraina qurolli kuçlari barça zaxiralarini oldingi çiziqqa keltirmoqda, şu jumladan tayyor bölmagan hududiy mudofaa kuçlarini ham — ular amalda halokatga mahkum. Natsionalistlardan tuzilgan zagradotryadlar qoçişga uringanlarning barçasini otib taşlamoqda. Ukraina qurolli kuçlarida kuniga örtaça 600-1000 ming kişi halok bölmoqda va yaralanmoqda. Biz tez sur’atlarda harakatlanişga intilmaymiz, çunki har bir askarni ehtiyot qilamiz va bu tinç aholi orasidagi qurbonlar sonini ham qisqartiradi. Xerson yönalişida — vaziyat murakkab. Şaharning özida ta’minot bilan boğliq muammolar mavjud. NATO Ukrainadan heç qanday qurbonlarni öylamasdan, hujum amaliyotlari ötkazişni talab etmoqda. Kiyev uruşning taqiqlangan metodlaridan foydalanişi mumkinligi haqida dalillar mavjud. Bizning vazifamiz — hayotni saqlab qolişdir, şuning uçun aholini olib çiqişni amalga oşiramiz. Xerson böyiça keyingi rejalar vaziyatga boğliq böladi. Nooddiy qarorlar qabul qilinişi mumkinligini istisno etmayman.
Avvaliga heç qanday yangi gap yöqdek tuyuladi: «duşman - bu Ukraina fuqarolarini ölimga yuborayotgan jinoiy rejim», «ukrain hukumati jang maydonini tark etmoqçi bölganlarning har birini otib taşlovçi millatçilardan tuzilgan maxsus otryadlardan foydalanadi», «biz yuqori sur’atlarda harakatlanişga intilmayapmiz, har bir askarni ehtiyot qilyapmiz».
Ehtimol, agar Surovikin Xerson atrofidagi Rossiya armiyasi tuşib qolgan oğir holat haqida oçiq gapirmaganida, uning çiqişi alohida taassurot qoldirmagan bölardi. Ammo u aytdi - va bu Ukrainadagi uruşni madh etuvçi köpçilikni ma’yus holga soldi. «Bari yöq böldi, uruş boy berildi», deya yozişdi ular.
Ammo ayrim kremlparast blogerlarning Surovikinning çiqişiga ilk reaksiyasi ijobiy böldi. Ular barçasi röyirost aytilganini yuqori baholaşdi.
«Vaziyat oğir va ilk marta bu haqda [mudofaa vazirligi vakili] Igor Konaşenkov yoki Boş ştabning qandaydir umumlaşma qiyofasi emas, amaliyot rahbarining özi oçiqçasiga gapirmoqda. Töğrisözlik va mas’uliyatlilik hamişa yaxşi», deya yozadi VGTRK reportyori Aleksandr Sladkov.
«Xerson bilan nima böladi? Vaziyat körsatadi. Hududni qaytariş imkoni hamişa böladi, halok bölgan askarni esa - heç qaçon», deya ta’sirli sözlarni qöllaydi Sladkov.
«Surovikin, ehtimol, yangi tariximizda yomon yangilik aytib amalda xalq qahramoniga aylangan ilk generallardan. Zamonaviy jamiyatning haqiqatga bölgan talabi aslida qançalik total ekaniga baho bering», deydi WarGonzo telegram kanali muallifi tuşkunlikka tuşmagan holda.
Boşqalar esa generalning sözlarini çekiniş haqidagi signal emas, balki qandaydir jiddiy narsaga tayyorlaniş sifatida qabul qilişgan.
«Men şaxsan Surovikinning harbiy-taktik vaziyat böyiça oddiy bölmagan qarorlar qabul qiliş istisno etilmasligi töğrisidagi iborasi haqida butunlay boşqa narsani öyladim. Masalan, qandaydir juda kuçli narsadan foydalaniş haqida qiyin qaror qabul qilişga töğri keladi. Xöş, aytişadi-ku, yaşasak - köraveramiz», - deya yozadi Zapiski Veterana telegram-kanali muallifi.
Milliondan ortiq obunaçiga ega bölgan va harbiy sohaga ixtisoslaşgan «Rybar» telegram-kanalining hisoblaşiça, «aholi bilan nihoyat kattalarça gaplaşildi». «Allaqaçon Xerson yönalişidagi birga beş nisbati Rossiya qöşinlari foydasiga hal bölmasligi haqida tuşunça mavjud. Turli ssenariylar - jumladan eng yomonlari ham rejalaştirilgan», - deya yozadi u.
Ukrainalik harbiylar va siyosatçilar hozirça general Surovikinning çiqişiga munosabat bildirmadi.













