Tomonlar mamlakat energetika sohasini isloh qiliş, energetika obektlarini xususiylaştiriş, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş rejalarini muhokama qildi.

Özbekiston tomoni «yaşil» energetikani rivojlantiriş va uglerod neytralligiga erişiş rejalarini taqdim etdi. 2030 yilga borib mamlakat elektr energiyasi kamida 25 foizini qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan, 7 GVt quyoş va 5 GVt şamol energiyasidan işlab çiqarişni maqsad qilgan.

Gidroenergetikani rivojlantiriş uçun 142 ta potensial obektlar örganilib, 54 ta loyiha belgilandi. Quvvati 500 kVt gaça bölgan mikro GESlar quriş böyiça 200 ta loyiha amalga oşiriladi.

Tomonlar AQŞ ijobiy tajriba töplagan qayta tiklanuvçi energiya manbalari sohasida zamonaviy texnologiyalarni qöllaş va issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş böyiça hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.