Özbekiston Boş konsulxonasi tomonidan Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasi, Tiva va Xakasiya turkompaniyalari vakillari iştirokida Özbekiston sayyohlik salohiyatiga bağişlangan onlayn taqdimot ötkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Taqdimot çoğida Toşkent viloyati Böstonliq tumanida joylaşgan «Amirsoy» toğ-çanği kurortida mehmonlar uçun yaratilgan şart-şaroitlarga alohida e’tibor qaratildi.
Krasnoyarsk ölkasi turizm agentligi rahbari O.Vosilenko öz çiqişida bugungi kunda rossiyalik sayyohlarning Özbekistonga qiziqişi ança oşganligini aytdi. U qayd etganidek, Sibir federal okrugi hududidan töğridan töğri havo qatnovlari soni oşirilişi sayyohlar oqimini yanada köpaytirişga xizmat qiladi.
Taqdimot yakunida Rossiya mintaqalarida faoliyat olib borayotgan turkompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş, kelgusida Özbekistonga Rossiyadan uyuşgan holda sayyohlarni jalb etişga kelişib olindi.












