Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsuli Aslam Akbarov «Sibereko» MÇJ boş direktori Andrey Mandrik bilan uçraşdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Uçraşuvda kompaniya rahbari Özbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyişga tayyorligini bildirgan.

Xususan, «Sibereko» dastlab Özbekistonga ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş, istiqbolda esa işlab çiqariş quvvatlarini mamlakat hududida mahalliylaştirişdan manfaatdor ekanini maʼlum qilgan.

Rossiya tomonining bildirişiça, Boş konsulxona bilan hamkorlik natijasida kompaniya Özbekistonning FBFA Textil Lts kompaniyasi bilan aloqalar örnatgan. Hozirgi bosqiçda hamkorlik kosmetika mahsulotlarini yetkazib berişni nazarda tutadi.

Şu bilan birga, «Sibereko» Özbekiston bozoridagi iştirokini kengaytiriş va öz mahsulotlarini faol tarğib qilişni rejalaştirmoqda.

Kompaniya Sibir hududida ösadigan yovvoyi ösimliklar asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Kompaniya maʼlumotiga köra, mahsulotlar tarkibiga sunʼiy konservantlar, böyoqlar va xuşböylaştiruvçi qöşimçalar qöşilmaydi.

«Sibereko» oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş sohasida 10 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mahsulotlari oziq-ovqat xavfsizligini boşqariş böyiça ISO 22000:2018 xalqaro standarti talablariga javob berişi qayd etilgan.

Korxona Rossiyadagi yirik kompaniyalar, federal savdo tarmoqlari va distribyutorlarga mahsulot yetkazib beradi. Şuningdek, MDH va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari hamda boşqa xorijiy bozorlardagi hamkorlar bilan işlaydi.