Pollutants jurnalida çop etilgan tadqiqot Oltoy toğoldi hududlaridan Qutb doirasigaça bölgan maydonni qamrab olgan. Namunalar 2021–2023-yillarda, qor eng köp töplangan davrda 23 ta kuzatuv stansiyasida olingan.

Kuzatuvlar Tomsk, Novosibirsk, Omsk, Tyumen va Kemerovo viloyatlari, Xanti-Mansi va Yamal-Nenets avtonom okruglari hamda Oltoy ölkasida ötkazilgan.

Mikroplastik hududlar böylab notekis tarqalgan bölsa-da, olimlar yillar davomida uning örtaça miqdori oşganini qayd etgan. Mualliflar buni qor qoplamida mikroplastik töplaniş tendensiyasi sifatida baholamoqda.

Topilgan zarraçalarning 90 foizdan ortiğini tolalar taşkil etgan. Mayda parçalar uluşi 8 foizgaça, plyonka bölaklari va şarsimon zarraçalarniki esa birgalikda 2 foizdan oşmagan. Asosan 300–1000 mikrometr, yaʼni 0,3–1 millimetr ölçamdagi zarraçalar uçragan.

2022–2023-yillarda namunalar tarkibida polietilentereftalat - PET uluşi 40 foizdan yuqori bölgan. Polipropilen, polietilen va polistirol ham qayd etilgan. Bu materiallar sintetik matolar, kiyim-keçak, paket, şişa idiş va konteynerlar işlab çiqarişda qöllanadi.

Tadqiqotçilar tolalarning köpligi va ularning tarkibi sintetik töqimaçilik mahsulotlari ifloslanişning asosiy manbalaridan biri bölişi mumkinligini körsatişini taʼkidlagan.

Tahlilda mikroplastik miqdori bilan aholi ziçligi, yalpi hududiy mahsulot yoki avtomobil yöllariga yaqinlik örtasida töğridan-töğri boğliqlik aniqlanmagan. Biroq qor qoplamining qalinligi bilan örtaça darajadagi boğliqlik kuzatilgan: yoğin köpaygan sari atmosferadagi zarraçalarning qorga çökişi ham faollaşgan.

Olimlar ehtimoliy ekologik xavfni ham bir neçta indeks orqali baholagan. Polimerlarning kimyoviy xavflilik indeksi 2021-yildagi 96,2 dan 2023-yilda 991 gaça kötarilgan. Mualliflarga köra, bu qöllangan baholaş usulida xavfli darajaning quyi çegarasiga töğri keladi.

Ösiş namunalarda xavflilik bali yuqori bölgan poliakrilonitril va poliuretan paydo bölişi bilan izohlangan. Şu bilan birga, konsentratsiyani ham hisobga oluvçi potensial ekologik xavf indeksi 1,92 dan 19,7 gaça oşgan bölsa-da, eng past xavf toifasida qolgan.

Tadqiqot iştirokçisi Aleksey Rednikinning tuşuntirişiça, kimyoviy xavflilik körsatkiçi yuqori polimerlar uçrasa ham, ularning konsentratsiyasi hozirça nisbatan past. Biroq körsatkiçlarning ösişi kuzatuvlarni davom ettiriş zaruratini körsatadi.