«Sönggi sakkiz hafta içida kasallik qayd etilganlar soni kamaydi. Bu juda umidvor qilmoqda», dedi JSST rahbari

Uning qöşimça qilişiça, bu tendensiya umidli, ammo bir qator mamlakatlarda epidemiya hali ham avjida ekani xavotirli.

JSST rahbarining ta’kidlaşiça, ötgan haftada qayd etilgan bemorlarning deyarli 90 foizi Şimoliy va Janubiy Amerika hissasiga töğri keladi. Ganada ham kasallaniş holatining ösişi kuzatilgan, u yerda törtta ölim qayd etilgan.

«Maymun çeçagi epidemiyasiga barham berilişi kompleks yondaşuvni talab qiladi. Şu bilan birga, soğliqni saqlaş çoralari köproq xavf ostida bölgan jamiyatlarga qaratilgan», dedi Gebreyyesus.

Maymun çeçagi epidemiyasi töğrisidagi hisobotda yozilişiça, 16 oktyabr holatiga köra, 109 davlatda 73 437 ta bemorda kasallik tasdiqlangan. Ulardan 26 nafari vafot etgan. Sönggi 7 kun içida 2167 ta bemor aniqlangan, bu ötgan haftaga nisbatan 20,6 foizga kam.

Maymun çeçagi — hayvonlar va odamlarning yuqumli kasalligi bölib, isitma, umumiy intoksikatsiya va ekzantema (toşmalar) paydo bölişi bilan tavsiflanadi. Uni keltirib çiqaradigan patogen genetik jihatdan tabiiy (inson) çeçagiga yaqin.