Ukraina hukumati mamlakat ğarbidagi energetika obektlariga rossiyaliklarning raketa hujumlari röy berganini ma’lum qildi. Uning kölami 10-12 oktyabr kunlari qilingan hujum oqibatlariga «teng yoki undan ortiqroq». Qariyb bir yarim million kişi elektr ta’minotidan uzilgan. 23 oktyabrga ötar keçasi rossiyalik harbiylar yana bir bor Mikolayiv va Zaporijjyani öqqa tutişgan. «Mediazona» va BBC rus xizmatiga köra, Ukrainadagi uruş boşidan buyon 7822 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi ölimi nomma-nom tasdiqlangan. Sönggi bir oyda safarbar qilinganlardan kamida 41 nafari halok bölgan.

Quyida 23 oktyabr, uruşning 241-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi janglar

Rossiyaliklar Baxmutni öqqa tutişi oqibatida kötarilgan tutun ustuni. Oktyabr oyida Ukraina va Rossiya kuçlari parallel yurişlarini davom ettirmoqda. «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi otryadlari Baxmutning janub va şarqidagi hududlarga yorib kirgan, bu vaqtda Ukraina qurolli kuçlari ham Xarkiv va Luhansk oblastlari çegarasida ilgarilamoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Su-25 qiruvçi samolyoti Baxmut atrofida raketa hujumidan himoyalanmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinida öziyurar artilleriya qurilmasini boşqarayotgan ukrainalik harbiy xizmatçi
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Baxmut yaqinida öziyurar artilleriya qurilmasidan öt oçmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA

 Xarkiv oblastida tibbiy yordam körsatilişi

Harbiy vraç Natalya Lelyux yaqinda Ukraina tomonidan ozod etilgan Siniçino qişloğiga dori-darmon yetkazib bermoqda. Siniçino 2022 yil sentabrida Ukraina armiyasining qarşi hujumi natijasida qaytarib olingan Izyum yaqinida joylaşgan
Carl Court / Getty Images
Vraç Natalya Lelyux Xarkiv oblastining Kamenka qişloğida mahalliy aholi vakillaridan birini körikdan ötkaziş arafasida. Kamenka ham Izyum atrofidagi qişloqlardan biri.
Carl Court / Getty Images
Siniçino qişloğida yaşovçilardan biri tibbiy brigada taşrifi vaqtida
Carl Court / Getty Images
Siniçinoda yaşovçi kasalmand kişi armiya tibbiy xodimlari brigadasidan yordam olmoqda
Carl Court / Getty Images
Harbiy vraç Natalya Lelyux va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti şifokori Tatyana Timoşenko Kamenki qişloği aholisi bilan suhbatda
Carl Court / Getty Images
Siniçino qişloğida yaşovçi ayol armiya tibbiy xodimlariga minnatdorçilik bildirmoqda.
Carl Court / Getty Images

Mikolayivda otişmalardan keyingi hayot 

Mikolayivda yaşovçi Tatyana Gonçarova Rossiya tomonidan şu kunlarda şaharga berilgan aviazarba oqibatida şikastlangan kvartirasi oldida. Mikolayiv öqqa tutilişi davom etmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayvlik kişi oynalari tökilib ketgan balkonda mix qoqmoqda. Region tinimsiz zarbalarga duçor bölmoqda — 23 oktyabrga ötar keçasi Mikolayiv oblastiga Shahed-136 tipidagi kamikadze dronlar hujum qilgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayivlik ayollar içimlik suvi olib qaytmoqda. Şaharni suv bilan ta’minlovçi magistral quvur uruş boşidayoq şikastlangan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Bolalar boğçasi xodimi öçoqda ovqat qilmoqda. Rossiya tomonidan tinimsiz zarbalar tufayli şahar elektr ta’minotidan uzilgan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Şahar raketa zarbalari tufayli elektrsiz qolgan  şaroitda World Central Kitchen jamoat taşkiloti köngillilari Mikolayivdagi şifoxonalar bemorlari va mahalliy aholi uçun taom tayyorlamoqda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kişi elektr energiyasi öçgan mahalda qoronği kafeda limonad içmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Tuğurqxona xodimi rossiyaliklar zarbalari tufayli tok öçgan mahalda bemorlarga yegulik tarqatmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA