Andijon viloyati Şahrixon tumanida 23 oktabr kuni uçta transport vositasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berişiça, 23 oktyabr kuni soat 17:30 larda Andijon viloyati Şahrixon tumani «Qörğonça» MFY hududidan ötgan, A-373 Toşkent—Öş xalqaro avtomobil yölining 402-kilometrida Spark va Cobalt rusumli avtomobillar bir-biri bilan töqnaşişi natijasida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Oqibatda Cobalt rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yöl örtasidagi beton tösiqqa urilgan va yölning qarama-qarşi tomoniga ötib ketib, boşqa bir Cobalt rusumli avtomobilga borib urilgan.

Natijada kelib urilgan Cobalt’ning dvigatel qismida qisqa tutaşuv sodir bölib, avtomaşinada yonğin kelib çiqqan.

Qarama-qarşi yönalişga ötib ketgan Cobalt yölovçisi tan jarohatlari bilan tuman ŞTTYoBga yuborilgan.

Hodisa oqibatida halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.